Agar savdo kelişuvlari böyiça yeçim topilmasa, Yevropa Ittifoqi avgust oyi boşidan AQŞga qarşi çoralar körişga tayyor. Bu haqda Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayyen Bryusseldagi matbuot-anjumanida ma’lum qildi.
«AQŞ bizga, agar kelişilgan yeçim topilmasa, kuçga kiradigan çoralari bayon qilingan maktubni yubordi. Şuning uçun biz qarşi çoralarimizni töxtatişni avgust boşigaça uzaytiramiz. Şu bilan birga, biz töliq tayyor böliş uçun javob çoralariga tayyorgarlikni davom ettiramiz», — dedi Ursula fon der Lyayyen.
Yevrokomissiya rahbarining qayd etişiça, YeI AQŞga qarşi allaqaçon ikkita javob çorasini tayyorlab qöygan bölsada, 1 avgustgaça tomonlar örtasida savdo kelişuviga erişilişiga umid bildirmoqda.
YeI apreldan beri AQŞ prezidenti Donald Tramp ma’muriyati bilan muzokaralar olib boradi. Bitim imzolaşning oxirgi muddati sifatida 1 avgust sanasi belgilangan. 12 iyuldan boşlab respublikaçilar Yevrokomissiya rahbari nomiga maktub yöllab, avgust oyidan YeI tovarlari uçun 30 foizli bojlar qöllanilişidan xabardor qilgan.
Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Trampning harakatlaridan keskin norozi ekanini ma’lum qildi. U «yevropaliklar manfaatlarini qat’iy himoya qiliş uçun» Yevroittifoq öz qat’iyatini namoyon etadigan vaqt kelganini ta’kidladi.
Avvalroq, Amerika prezidenti Kanada uçun 35 foizlik va Braziliyada işlab çiqarilgan tovarlarga 50 foizlik tariflarni e’lon qilgan edi.












