Aziz Yuldaşeviç Mağrupov Özbekiston prezidentning taşqi investitsiyalar masalalari böyiça maslahatçisi lavozimidan ozod etildi.
Prezident administratsiyasidagi özgarişlar doirasida u prezidentning taşqi investitsiyalar böyiça vakili lavozimiga ötkazilgan.
Aziz Mağrupov faoliyati davomida taşqi işlar vazirining savdo-iqtisodiy masalalar böyiça maslahatçisi, Özbekistonning Rossiyadagi elçixonasida savdo-iqtisodiy masalalar böyiça masalatçi lavozimlarida ham faoliyat yuritgan.
U muqaddam prezident administratsiyasi sobiq rahbari Sardor Umrzoqovga örinbosar bölgan, 2023 yil avgustida prezident yordamçisi etib tayinlangandi. 2025 iyun oyida esa u prezident yordamçisi lavozimidan olinib, prezidentning taşqi investitsiyalar masalalari böyiça maslahatçisi lavozimida iş boşlagandi.













