Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Uchtepa tuman bo‘limi va DXX xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazildi.
Unda, fuqaro X.E. va boshqalar fuqaro N.A.ning ishonchiga kirib, unga magistratura bosqichiga o‘qishga kirishi uchun tanishlari yordamida 1 900 AQSh dollari evaziga V-1 sertifikatini olib berishlarini va’da qilib, oldindan 1 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.







