Özbekiston Bojxona qömitasi xorijga çiqib keluvçilarga qonunçilikdagi yangilik haqida eslatdi.
2025 yil 20 iyuldan e’tiboran, jismoniy şaxslar tomonidan şaxsiy ehtiyoji uçun notijorat maqsadlarida respublikaga olib kiriladigan tovarlarning bojsiz olib kiriş normalari qöllanişi uçun:
- poyezdda, avtomobilda yoki piyoda ravişda kirib kelayotgan şaxslar xorijiy davlatda 2 kundan,
- samolyotda qaytayotgan yölovçilar esa xorijiy davlatda 3 kundan kam muddat bölmasligi talab etiladi.
“Aks holda, uşbu tovarlarga bojsiz olib kiriş normasidan ortiq deb qaraladi hamda tovarning töliq qiymatidan yagona bojxona tölovi undiriladi.
Bojxona qoidalariga rioya qilişingizni söraymiz!” – deyiladi qömita matbuot kotibi Husan Tangriyevning eslatmasida.
Yangi tartib Vazirlar Mahkamasining 2025 yil 19 aprel kungi qarori asosida kiritilmoqda. Bu qaror jamoatçilik muhokamasiga çiqarilmasdan qabul qilingan.
Şu qarorga asosan, 1 maydan boşlab jismoniy şaxslarning xorijdan tovar olib kirişi limitlari ham pasaytirilgan edi:
- samolyotda kelayotgan jismoniy şaxslar notijorat maqsadda bojsiz olib kirişi mumkin bölgan tovarlar qiymati 2000 dollardan 1000 dollarga tuşirildi;
- poyezdda kelayotganlar uçun bu limit 1000 dollardan 500 dollarga pasaytirildi.
Avval kurerlik jönatmalari orqali bir çorakda 1000 dollargaça bölgan tovarlarni bojsiz olib kiriş mumkin bölgan bölsa, 1 maydan e’tiboran bu limit bir oyda 200 dollargaça pasaytirildi.
Bojxona qömitasi bu özgarişlarni “yirik partiyadagi tovarlar mayda partiyalarda heç qanday bojxona tölovlarisiz kirib kelayotgani” bilan izohlagan. Öşanda iqtisodçi Otabek Bakirov “mahalliylaştiruvçilar” foydasiga kiritilgan import bojlarini olib taşlaşga çaqirgandi.













