Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Baxtiyor Saidov Xitoyda Eron tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi
O‘zbekiston va Eron TIV rahbarlari mintaqaviy tinchlik, farovonlik va barqaror rivojlanishni ta’minlashda diplomatiyaning muhim o‘rnini ta’kidladi.
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Xitoyning Tyanjin shahrida Eron tashqi ishlar vaziri Sayyid Abbos Araqchi bilan uchrashdi.
"Eron tashqi ishlar vaziri Sayyid Abbos Araqchi janoblari bilan uchrashdik, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram-kanalida. – Uzoq asrlik umumiy tariximiz, madaniyatimiz va iqtisodiy hamkorlikka asoslangan O‘zbekiston-Eron tarixiy boy va ko‘p qirrali munosabatlarini yanada chuqurlashtirish borasida fikr almashdik".

Mamlakatlar o‘rtasidagi savdo hajmi ortib borayotgani ta’kidlandi, hamkorlikni yanada kengaytirish yo‘llari muhokama qilindi. O‘zaro manfaatli sohalarda aloqalarni rivojlantirish bo‘yicha katta foydalanilmagan salohiyat mavjudligiga e’tibor qaratildi.
Mintaqaviy tinchlik, farovonlik va barqaror rivojlanishni ta’minlashda diplomatiyaning muhim o‘rni yana bir bor tasdiqlandi.
Mavzuga oid
22:21 / 17.07.2026
Urush yana qaytalandi. Nega?
10:48 / 17.07.2026
AQShning Eronga zarbalari oltinchi kecha ham davom etdi
10:15 / 17.07.2026
Ahmadinajod atrofidagi shov-shuv: Isroil uni og‘dirib olmoqchi bo‘lganmi?
12:03 / 16.07.2026