Birlaşgan Millatlar Taşkilotining Falastinlik qoçqinlarga yordam körsatiş agentligi (UNRWA) boş komissari Filipp Lazzarini Ğazo sektorida oziq-ovqat taqçilligi tufayli bolalar örtasida töyib ovqatlanmaslik kuçayganini aytdi. Uning ta’kidlaşiça, bu «sun’iy ravişda işlab çiqilgan va yaratilgan».
Lazzarini X ijtimoiy tarmoğidagi postida Isroil gumanitar yordam oqimini çeklayotgan va falastinliklarni oçlikka mahkum etayotgan Ğazodagi vaziyat haqida bayonot berdi.
UNRWA boş komissari şunday ta’kidladi: «Ğazoda UNRWA soğliqni saqlaş muassasalarida tekşirilgan har öninçi bola töyib ovqatlanmaslikdan aziyat çekmoqda. Ğazoda bolalarning töyib ovqatlanmasligi jiddiy oziq-ovqat tanqisligi tufayli yomonlaşdi».
7 oylik Salamning ötgan hafta töyib ovqatlanmaslik tufayli vafot etganini eslatgan Lazzarini, Isroilning şiddatli hujumlari va qattiq blokadadan avval Ğazoda töyib ovqatlanmaslik «kam uçraydigan holat» bölganini qöşimça qildi.
U sektordagi oçarçilik, oziq-ovqat tanqisligi va töyib ovqatlanmaslik holatlariga e’tibor qaratdi: «Bu odamlar tomonidan yaratilgan vaziyat».
Isroilning oziq-ovqat topiş umidi bilan insonparvarlik yordam markazlariga kelgan falastinliklarni nişonga olayotganiga e’tibor qaratgan Lazzarini: «Ğazoda 870 nafardan ortiq oç odam tarqatiş tizimi buzilganligi sababli oziq-ovqat olişga harakat qilayotganda halok böldi», dedi.
Lazzarini Birlaşgan Millatlar Taşkilotiga öz işini bajarişi va keng kölamli gumanitar yordam yetkazişi uçun ruxsat berilişini talab qilib, Ğazoda öt oçişni töxtatiş böyiça har qanday keçikiş köproq qurbonlarga olib kelişini aytdi.









