Turkiya taşqi işlar vaziri Hoqon Fidan BMT Xavfsizlik kengaşining Ğazodagi gumanitar vaziyat muhokama qilingan favqulodda yiğilişida nutq sözladi.

Fidan öz nutqida: «Isroil tinçlikni istamaydi. Isroil barqarorlikni xohlamaydi» dedi.

Isroilning Falastin xalqiga qarşi genotsidining ayni damda ham uzluksiz davom etayotganiga e’tibor qaratgan Fidan, Ğazo sektorida 2 milliondan ortiq aholining ta’riflab bölmas azob-uqubatlar, ommaviy köçiriliş va keng kölamli vayronagarçiliklarga duçor bölayotganini qayd etdi.

Turkiya taşqi işlar vaziri har kuni insonparvarlik yordamlari ataylab tösib qöyilayotganini, yordam tarqatiş punktlarida tinç aholi oziq-ovqat va suv olişga urinayotganda öldirilayotganini eslatdi.

Hoqon Fidan öz çiqişini quyidagi sözlar bilan davom ettirdi: «Oçlikdan uruş quroli sifatida foydalanilmoqda. Isroil xalqaro gumanitar huquqning barça tamoyillarini buzmoqda. Bu haqda oçiq gapiraylik. Töğrisini aytaylik. 80 yildan keyin dunyo yana bir bor konslagerlar barpo etilganiga guvoh bölmoqda. Butun bir xalqqa qarşi qirğin kampaniyasi olib borilmoqda».

Isroil uruş maşinasining oilalari uçun suv olişga harakat qilayotgan bolalarga yoki farzandlari uçun oziq-ovqat izlayotgan onalarga hujum qilişda davom etganiga e’tibor qaratgan Fidan: «Bu nafrat bilan oziqlanadigan maşina. Bu jazosizlik bilan oziqlanadigan maşina va ba’zi doiralarning sözsiz yordami bilan oziqlanadigan maşina», dedi.

Uning sözlariga köra, bu ba’zi odamlar haddan taşqari azob-uqubatlarga qaramay, sodir bölayotgan voqealarga e’tibor bermaslikni afzal körganligi sababli yuz berdi. «Bu davom etişi mumkin emas», dedi u.