11 iyul, juma kuni Suriya janubida bir guruh qurollangan odamlar Damaşqdan Suvayda şahriga olib keluvçi yölda bir maşinani töxtatdi. Suvaydalik sabzavot sotuvçi öğirlab ketilgan. Keyinçalik uni közlari boğlangan holda uzoq bir joyga taşlab ketişdi. U kaltaklangan va talon-taroj qilingandi. Uni yölovçilar körib qolib, şifoxonaga olib ketişgan.

Savdogar druzlar jamoasiga mansub. Bu Suriya, Livan, Isroil va Iordaniyada, asosan Jölan tepaliklari va uning atrofida yaşovçi etnik konfessional guruhdir. Turli hisob-kitoblarga köra, Suriyada 500 mingdan 700 minggaça druzlar (aholining ikki-uç foizi) yaşaydi, Suvayda viloyatida esa ular köpçilikni taşkil etadi. Tili arabça. Ularning dini ming yil oldin şia mazhabining bir tarmoği sifatida paydo bölgan, ammo bugungi kundagi druzlar özlarini musulmon deb hisoblamaydi.

Odam öğrilari badaviylar edi – ular Suriya çöllarida yaşovçi, e’tiqodiga köra sunniy-musulmon bölgan köçmançilardir. Savdogar nafaqat kaltaklangani, pullari, maşinasi va telefoni olib qöyilgani, balki «dahriy» deb haqoratlanganini ham aytib bergan.

Damaşq–Suvayda şossesi va Suriyaning boşqa yöllarida talonçilik va odam öğirlaş holatlari muntazam tus olgan. Mamlakatda fuqarolik uruşi haligaça uzil-kesil yakunlanmagan, markaziy hukumat ulkan hududlarni nazorat qila olmaydi, yagona politsiya uyoqda tursin, yagona armiya ham mavjud emas. Ammo diniy omil odatiy jinoyatni konfessiyalararo nizo qözğatuvçisiga aylantirdi.

Druzlar jamoasi yirik emas, ammo yaxşi qurollangan. Fuqarolik uruşi davrida ularning laşkari – birinçi navbatda, «Ridjal al-karama» («Nomusli erkaklar») – ham Başar Asad tarafdorlariga, ham IŞIDga qarşi kuraşda özini körsatgan. 2024 yil dekabrida duruzlar Damaşq egallanişi va Asad rejimi ağdarilişida muhim rol öynagandi.

Yangi Suriyada ham druz laşkari qurollarni taşlaş haqida öylayotgani yöq: endilikda hokimiyat tepasiga kelgan Ahmad aş-Şar’a mansub bölgan sunniy arablar uçun druzlar – adaşgan kofirlar hisoblanadi. Ular örtasida bungaça ham bir neça töqnaşuvlar bölib ötgan, eng jiddiysi – bahorda Damaşq çekkasidagi Jaramanda kuzatilgandi. Öşanda yuzdan ortiq kişi halok bölgan, şundan 14 nafari xalq laşkariga aloqador bölmagan druzlar edi – ularni rasman Damaşqdagi hukumatga böysunmaydigan, lekin uning tomonida turib jang qiluvçi jangarilar otib taşlagan.

Bu safar ham şunday kuçlar harakatga kelgan. Savdogar bilan boğliq voqeadan keyin druz jangarilari ham bir neça badaviyni öğirlab ketişdi – aftidan, savdogarni kaltaklagan va talaganlarni emas, şunçaki şu qabilaga mansub bölganlarni. Mojaro jamoalar darajasiga kötarildi. 13 iyul kuni Suvayda viloyatida druzlar va badaviylar örtasida nafaqat öqotar qurollar, balki minomyotlarni ham işga solgan holda janglar boşlandi. Ikki tomondan önlab kişilar halok böldi.