Qozoğistonning Ostona şahri sudi xotinini qiynoqqa solişda ayblangan sobiq diplomat Saken Mamaşga hukm çiqardi, deb xabar berdi Tengrinews.
Erkak 6 yilga ozodlikdan mahrum etildi, u jazoni örta xavfsizlikdagi muassasada ötaydi. Sud, şuningdek, Mamaşni birinçi darajali maslahatçi diplomatik unvonidan mahrum etişga qaror qildi.
Mamaş hukm qilingan Qozoğiston Jinoyat kodeksining 110-moddasi («Qiynoqqa soliş») ikkinçi qismida 4 yildan 7 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş jazosi nazarda tutilgan edi.
Hukmdan ma’lum bölişiça, mahkum 2019-2024 yillar oraliğida asossiz raşk tufayli muntazam ravişda Ostonada, keyinçalik esa Abu-Dabida xotini Karinaga nisbatan jismoniy zöravonlik işlatgan, tanasining turli qismlari va boşiga muşt tuşirgan. Şuningdek, xotinining qarindoşlari va dugonalari bilan muloqotini çeklab, uning harakatlarini, qönğiroqlarini va yozişmalarini nazorat qilgan. Mamaşning aybi jabrlanuvçi, guvohlarning körsatmalari, ekspert xulosalari, videoyozuvlar, skrinşot va işning boşqa materiallari bilan isbotlangan.
«Mayli, his qilsin, balki tuşunib yetar. U bungaça faqat kulardi. Adolat qaror topdi. Meni qöllab-quvvatlagan barça qizlarga, menga murojaat qilgan har bir insonga, barça ommaviy axborot vositalariga minnatdorçilik bildiraman. Hammasini köryapman, hammasini öqiyapman. Men öz sahifamga kam narsa joylaganman. Yana bir bor katta rahmat aytmoqçiman. Qizlar bilişini istayman - sevgan joyda urmaydilar. Mamlakatda bunday inqiroz markazlari va çin dildan işlaydigan odamlar bölsa, heç qanday ilojsiz vaziyatlar yöq. Adolat har doim ğalaba qozonadi», deb hukmni izohladi Sakenning endi sobiq turmuş örtoği Karina Mamaş.
U eri tomonidan muntazam zöravonlikka uçraşi haqida ötgan yilning bahorida ma’lum bölgan edi. Şu vaqtda Saken Mamaş Qozoğistonning BAAdagi elçixonasi maslahatçisi lavozimida işlayotgan edi. Xotinining videomurojaatidan söng, diplomat avval vataniga çaqirib olindi, keyinçalik ustidan jinoiy iş oçildi.
Qozoğistonda oilaviy zöravonlik mavzusi ötgan yili qabul qilingan ayollar va bolalar huquqlarini himoya qiliş töğrisidagi qonun fonida keng muhokama qilinmoqda. Bu qonun oilaviy zöravonlik uçun jazoni kuçaytirgan. Bundan taşqari, respublikada sobiq vazir Quvondiq Bişimboyevning öz fuqarolik turmuş örtoği Saltanat Nukenovani öldirgani va buning uçun 24 yilga ozodlikdan













