Özbekistonda klasterlarning fermerlar oldida juda katta qarzdorligi mavjud. Natijada fermerlar soliq tölay olmayapti, xodimlariga oylik berolmayapti. Bu haqda 19 iyul kuni Savdo-sanoat palatasida töqimaçilik sanoati vakillari bilan ötkazilgan oçiq muloqotda Soliq qömitasi raisi Şerzod Qudbiyev ma’lum qildi.
“Kun tartibi uçun yana bitta masala – klasterlarning fermerlar oldidagi qarzdorligi. Mayli, [töqimaçilik klasterlarining] davlat oldida qarzi bor, kredit qarzi bor, lekin fermerlarning oldida ham juda katta qarzi bor. Uning oqibatida fermer soliq tölamayapti, oylik berolmayapti, kreditini yopolmayapti”, – dedi Qudbiyev.
Yiğilişda iştirok etgan iqtisodiyot va moliya vaziri örinbosari Ahadbek Haydarov ham klasterlarning fermerlardan qarzdorligini tasdiqladi.
Eslatib ötamiz, ötgan yili iyulda paxta-töqimaçilik klasterlarini moliyaviy soğlomlaştiriş çoralari e’lon qilingan edi.











