Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Uyda o‘tirib ham pul topish mumkin: imkoniyatlar ko‘p, faqat xohish kerak
Ko‘plab ayollar uchun moliyaviy mustaqillik orzuga aylangan. Erdan ajrashgan, yoki turmush o‘rtog‘i tomonidan ta’minlanmayotgan, bolalari bilan uyda qolgan ayollar ko‘p hollarda moddiy tanglik, ruhiy tushkunlik va o‘zini ojiz his qilish holatlarini boshdan kechirishadi.
Ammo uydan chiqmasdan, farzandlar yonida o‘tirib ham ish boshlash mumkin. Bu maqolada aynan shunday imkoniyatlar haqida, birinchi qadamni qanday qo‘yish haqida ma’lumot beramiz.
Frilansing — tajriba va qobiliyat ortidan daromad
Matn yozish, tarjimonlik, grafik dizayn, SMM va veb-kontent yaratish sohalari ayollar orasida eng ommaboplaridan. Bu yo‘nalishda faoliyat yurituvchi hamkasblarimizning aytishicha, ular oyiga 300–800 dollargacha daromad topmoqda. Bu kabi xizmatlar Upwork, Fiverr va Freelancer kabi platformalarda taklif qilinadi. O‘zbek va rus tilida kontent tayyorlaydigan ayollar uchun bunday platformada o‘rnini topish imkoni bor.
Kopirayterlik — uyda o‘tirib pul topishning qulay yo‘li
Internet orqali ishlashni istagan ayollar uchun kopirayterlik eng qulay va talab yuqori sohalardan biri sanaladi. Uyda bolalar uxlayotganda ham faoliyat yuritish mumkin. Maqola, reklama va bloglar yozish orqali daromad topish mumkin bo‘lib, bu sohada tajriba ortgan sari oylik daromadni bir necha yuz dollargacha yetkazish mumkin. Eng muhimi — internet, noutbuk va yozish qobiliyati bo‘lsa kifoya. Sohada tajriba orttirilgani sari oylik daromad 500–1000 dollargacha yetishi mumkin.
Sotuv va targ‘ib — internet orqali mahsulot tavsiya qilish
Affiliat marketing, raqamli mahsulot (dizayn, shablon, elektron kitob) sotish, YouTube va Instagram orqali hamkorlik reklama olib borish — bugungi kunning trendlari. Aynan bu sohalarda daromad passiv bo‘lishi ham mumkin — bir marta tayyorlangan mahsulot uzoq vaqt pul keltirishi mumkin.
Onlayn dars berish — bilim orqali daromad
Chet tili, psixologiya, mental arifmetika, do‘zandachilik kabi sohalarda bilimga ega ayollar Zoom, Telegram va Google Meet platformalari orqali dars bermoqda. Ko‘p hollarda ularning daromadi 1 soatda 50-100 ming so‘mni tashkil qiladi.
Ayollar uchun maxsus platformalar va loyihalar – imkoniyat bor, qaror o‘zingizdan!
- “Empower Women” va “Encompass” kabi tashabbuslar ayollar uchun tadbirkorlik, IT va moliyaviy mustaqillik sohalarida onlayn kurslar taklif qilmoqda.
- O‘zbekistondagi ayrim tashkilotlar, Mahallabay ishlash markazlari va xotin-qizlar qo‘mitalari ham masofaviy ishni qo‘llab-quvvatlash uchun grant va o‘quv loyihalarini amalga oshirmoqda.
Ayollar uchun onlayn pul topish imkoniyatlari keng va turlicha. Ish boshlash uchun katta investitsiya shart emas, muhim bo‘lgani — o‘z qobiliyatlaringizga ishonish va mehnat. Agar sizda telefon, internet va biroz qobiliyat bo‘lsa, ishni boshlashingiz uchun yetarli asos bor.
Gulmira Toshniyozova tayyorladi.
Tavsiya etamiz
Sentyabrning o‘rtalari salqin, oyning uchinchi o‘n kunligi esa iliqroq o‘tishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 21:31 / 08.09.2025
Chiroyli avtoraqamlarni auksion orqali sotish amaliyoti bekor qilinadi
O‘zbekiston | 20:31 / 08.09.2025
Mubashshir Ahmad ishi bo‘yicha ikkinchi sud majlisi bo‘lib o‘tdi
Jamiyat | 20:27 / 08.09.2025
Iqlim o‘zgarishi jahonda go‘sht narxlarini oshirmoqda
Iqtisodiyot | 14:56 / 08.09.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Kamala Harris o‘z kitobida Jo Baydenni tanqid qildi
Jahon | 23:45
-
Neuralink miyasiga chip o‘rnatilgan 12 nafar bemor haqida xabar berdi
Fan-texnika | 23:15
-
Rossiya Ukrainaning 6 ming kv km hududini berishni talab qilmoqda – Vens
Jahon | 22:51
-
iPhone 17 taqdimotidan keyin Apple aksiyalari narxi pasaydi
Biznes | 22:42
Mavzuga oid

15:38 / 08.09.2025
O‘zini qadrlash - har bir ayol uchun zarur ehtiyoj. U qanday qilib shakllanadi?

11:31 / 04.09.2025
Manikyur: Ayollar uchun go‘zallikmi yoki xavf?

08:27 / 04.09.2025
O‘zbekiston va Malayziya tadbirkor ayollarni qo‘llab-quvvatlashda hamkorlik qiladi

20:58 / 02.09.2025