Joriy yil 17 iyul kuni Kobulda Özbekiston, Pokiston va Afğoniston Termiz–Noibobod–Maydonşahr–Logar–Xarlaçi yönalişi böyiça temiryöl loyihasining texnik-iqtisodiy asosini (TIA) işlab çiqiş töğrisida hukumatlararo bitim imzolagandi.
Transport vaziri örinbosari Jasurbek Çoriyev «Özbekiston 24» telekanaliga bergan intervyusida Transafğon temiryölini quriş loyihasi tafsilotlari haqida ma’lumot berdi.
U mazkur koridorni Xitoy–Qirğiziston–Özbekiston temiryöl magistralidan keyingi «ikkinçi yirik strategik loyiha» sifatida ta’rifladi.
«Texnik-iqtisodiy asosni işlab çiqiş böyiça kelişuv imzolanişi birinçi va juda muhim qadamdir. Biz bunga köpdan beri intilib, tayyorgarlik körganmiz. Doiraviy bitimning imzolanişi barça tomonlarga amaliy qadamlarga ötiş imkonini beradi. Bular – texnik-iqtisodiy asoslarni batafsil işlab çiqiş, yer va geologiyani örganiş, trassalaş, iqtisodiy va moliyaviy tahlil. Şuningdek, loyihani nafaqat özimiz, balki butun dunyo hamjamiyati uçun körsatiş va asoslaş imkonini beradi», - dedi Çoriyev.
Transport vaziri örinbosarining urğu berişiça, Eron va Qora dengiz portlariga çiqiş imkoniyati mavjud bölişiga qaramay, Özbekiston uçun dengizga eng qisqa yöl Transafğon koridori hisoblanadi, u Pokistondagi Karaçi portlariga olib boradi.
Birinçi bosqiçda yangi temiryöl yiliga 3 mln tonnaga yaqin yuk taşiş imkoniyatini beradi. 2035−2040 yillarga borib taşiş hajmi 15−20 mln tonnagaça ösişi prognoz qilinyapti.
Özbekiston–Afğoniston–Pokiston temiryölini Termiz–Naybabod–Maydanşahr–Logar–Xarlaçi yönalişi böyiça ötkaziş rejalaştirilgan.

«Naybabod stansiyasi Hayraton va Mozori-Şarif örtasida joylaşgan. Naybaboddan yönaliş şarqqa buriladi, Logar va Xarlaçidan ötib, Pokiston temiryöl tarmoğiga tutaştiriladi. Pokiston tomonida Xarlaçini Köhot bilan boğlovçi 143 kmlik uçastka bor. Hozir Pokiston uşbu uçastkada qurilişni boşlagan. U yakunlangandan söng Peşovar, Lahor, Islomobodga yaqin bölamiz. Keyin yöl Multon şahriga – yirik örta markazga, u yerdan esa Karaçiga olib boradi. Pokiston hozir uşbu yönalişlarda öz temiryöl infratuzilmasini modernizatsiya qilmoqda», – dedi Çoriyev.












