Oxirgi 1 oy içida Özbekistondagi savdo dökonlarida iPhone 16 Pro smartfonining narxi xotira hajmiga qarab 100 dollardan 150 dollargaça, Pro Max versiyasi narxi esa 120 dollardan 190 dollargaça oşdi. Bunga qaysi omillar ta’sir qilyapti?

Özbekiston bozorida Apple brendiga tegişli smartfonlarning narxi sezilarli darajada qimmatlaşdi.

Xususan, Kun.uz örgangan “Malika” savdo markazidagi dökonlardan birida ham an’anaviy SIM-karta, ham e-sim'da işlaydigan telefon narxlari oxirgi oylarda quyidagiça özgargan (taqqoslaşda smartfonning “natural titanium” rangi olindi):

2025 yil 20 iyun holatiga:

  • iPhone 16: 128 GB – 769 dollar, 256 GB – 919 dollar
  • iPhone 16 Pro: 128 GB – 1009 dollar, 256 GB – 1139 dollar, 512 GB – 1399 dollar, 1 TB – 1549 dollar
  • iPhone 16 Pro Max: 256 GB – 1239 dollar, 512 GB – 1439 dollar, 1 TB – 1679 dollar

2025 yil 20 iyul holatiga:

  • iPhone 16: 128 GB – 849 dollar, 256 GB – 999 dollar
  • iPhone 16 Pro: 128 GB – 1139 dollar, 256 GB – 1279 dollar, 512 GB – 1499 dollar, 1 TB – 1699 dollar
  • iPhone 16 Pro Max: 256 GB – 1399 dollar, 512 GB – 1629 dollar, 1 TB – 1799 dollar.

Kun.uz 20 iyundan avvalgi sanalarda amal qilgan narxlarni ham örgandi va kötariliş aynan iyun oyining ikkinçi yarmidan boşlangan, degan xulosaga keldi.

Yuqoridagi raqamlardan körinib turibdiki, oxirgi 1 oyda:

  • iPhone 16 narxi 9,5 foizga yoki 80 dollarga;
  • iPhone 16 Pro narxi 10,2 foizga yoki xotira hajmiga qarab 100 dollardan 150 dollargaça;
  • iPhone 16 Pro Max narxi 10,8 foizga yoki xotira hajmiga qarab 120 dollardan 190 dollargaça oşgan.

“Malika” savdo markazida joylaşgan boşqa bir savdo dökonining ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilib boradigan narxlari taqqoslanganda ham, 22 iyundan 22 iyulgaça bölgan davrda: