Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Suriya rasmiylari Suvaydadan badaviy oilalarni evakuatsiya qilishni boshladi
Suriya hukumati Suvayda shahriga mikroavtobuslar jo‘natdi, bu esa 1500 ga yaqin badaviyning darziylar bilan to‘qnashuvlar fonida shaharni tark etishiga imkon beradi. Dastlabki tinch aholi qo‘shni Dara viloyatiga evakuatsiya qilingan.
Suriya hukumati Suvayda shahri vakillari bilan kelishilgan holda, 1500 ga yaqin badaviylar ketishi uchun u yerga pikap va mikroavtobuslar yetkazmoqda. Bu haqda Suriyaning SANA davlat agentligi xabar berdi.
Unda pikap va mikroavtobuslarda odamlar evakuatsiya qilinayotgani tasvirlari chop etilgan. Germaniyaning dpa agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, jami 1500 ga yaqin odam evakuatsiya qilinishi rejalashtirilgan. Ulardan 350 nafari qo‘shni Dara viloyatiga yetkazilgan.
Suriya o‘tish davri hukumati Ichki ishlar vazirligi rahbari Ahmad al-Dalatiy halokatli to‘qnashuvlar fonida Suvaydani tark etishga majbur bo‘lgan tinch aholining shaharga qaytishiga ruxsat berishni rejalashtirayotganini aytdi. «Biz yangi janglarning oldini olish va hududda murosa va barqarorlikka yo‘l ochishga harakat qilmoqdamiz», — dedi al-Dalatiy.
19 iyul kuni Suriya muvaqqat prezidenti Ahmad al-Sha’ra idorasi asosan darziylar istiqomat qiluvchi Suvayda viloyatida «zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatish» haqida e’lon qildi. Biroq, kuzatuvchilarga ko‘ra, ba’zi janglar davom etgan. 20 iyul kuni darziylar Suvayda shahrini to‘liq nazorat ostiga oldi.
Mavzuga oid
08:33 / 02.06.2026
Venada Asad davri generali ustidan sud boshlandi
08:29 / 01.06.2026
O‘zbekiston Suriyaga mahsulot eksport qilishni boshlamoqchi
20:33 / 30.05.2026
«Mehr» operatsiyalari natijasida 530 dan ortiq kishi O‘zbekistonga qaytarildi
18:07 / 30.05.2026