Hindistonda talabalarga Toşkent davlat tibbiyot universiteti Çirçiq filialida ta’lim olmaslik qat’iy tavsiya qilindi. Hindiston Milliy tibbiy komissiyasi (HMC) abituriyentlarga şu haqda ogohlantiriş berdi, deb yozdi The New Indian Express.
Bu muassasa Hindistonning tibbiy ta’lim standartlariga javob bermasligi ma’lum qilingan. Şuningdek, röyxatda Belizning uçta universiteti ham bor.
Uşbu universitetlarda zarur akademik va klinik standartlar yöqligi, zarur infratuzilma yöqligi, talabalardan haddan ortiq tölov olinişi, öquv şaroiti va ta’lim sifati borasida yolğon ma’lumotlar berilgani aytilgan. Ta’kidlanişiça, ba’zi talabalar öqişni tark etmoqçi bölganda, ularga bosim ötkazilgan.
Çet elda tibbiyot sohasi böyiça öqiyotgan hindistonliklar Xorijiy tibbiyot bitiruvçisi lisenziati (FMGL) qoidalariga qat’iy rioya qilişi zarur. Bu qoidalar kurs davomiyligi, öquv dasturi, ta’lim tili, klinik tayyorgarlik va amaliyotni qamrab oladi. Uşbu şartlarni bajarmaslik Hindistonda tibbiyot bilan şuğullanişga ruxsat berilmaslikka sabab bölişi mumkin.
Toşkent davlat tibbiyot universiteti Çirçiq filiali uşbu xabarga munosabat bildirib, oliygohda akademik va klinik standartlarga qat’iy rioya etilayotganini ma’lum qildi.
Qayd qilinişiça, hozir filialda 5 nafar hindistonlik, 1 nafar iordaniyalik, 8 nafar pokistonlik va 7 nafar misrlik talaba ta’lim olmoqda.
Ta’kidlanişiça, ta’lim jarayoni Özbekistondagi amaldagi tibbiy ta’lim standartlari hamda Jahon tibbiy ta’lim federatsiyasi (WFME) talablariga mos keluvçi zamonaviy öquv dasturlari asosida taşkil etilgan.
Toşkent davlat tibbiyot universiteti Çirçiq filiali Hindiston Milliy tibbiy komissiyasi (NMC) tomonidan bildirilgan xavotirlarni asossiz ekanini ta’kidlagan.
«Biz Hindiston bilan ta’lim sohasidagi döstona va samarali hamkorlikni yanada mustahkamlaşdan manfaatdormiz va istalgan tekşiruv hamda muloqot uçun oçiqmiz», deyiladi xabarda.













