Surxondaryo viloyati, Sherobod tumanidagi Surxon davlat qo‘riqxonasida 23 iyul kuni yirik yong‘in boshlandi.

FVV ma’lum qilishicha, 23 iyul soat 15:52 da Surxondaryo viloyati, Sherobod tumani, «Qizilolma» mahallasi hududida joylashgan Surxon davlat qo‘riqxonasiga qarashli hududda taxminan 5 gektar maydonda quruq o‘t yonayotgani to‘g‘risida xabar kelib tushgan.

Ushbu xabarga asosan, yong‘in-qutqaruv ekipajlari qutqaruvchilari, tegishli tashkilotlar xodimlari voqea joyiga yetib borgan.

Ta’kidlanishicha, yong‘inni bartaraf qilish uchun yetarli kuch va vositalar jalb qilingan.