Falastinning HAMAS harakati Ğazo sektoridagi mojaroni hal qiliş va garovga olinganlarni ozod qiliş böyiça vositaçilar taklif qilgan kelişuv loyihasini joriy variantda qabul qilişga rozi bölmadi. Bu haqda Reuters xabar berdi.
Naşr manbasining sözlariga köra, HAMAS uni takomillaştirişni taklif qilmoqda. Falastin tomonining talablari orasida mahbuslarni almaşişning boşqa mexanizmi va Isroil tomonidan harbiy harakatlarni davom ettirmaslik kafolati bor.
«Manbaning xabar berişiça, HAMAS agar 60 kunlik sulh davrida kelişuvga erişilmasa, Isroilga uruşni qayta boşlaşga tösqinlik qiladigan bandni kiritiş talabini qöşgan», deb yozdi Reuters.
Agentlik suhbatdoşining sözlariga köra, HAMAS şuningdek, Ğazoga insonparvarlik yordami jamğarmasini (GHF) tugatişni talab qilmoqda, mahbuslarni almaşişning boşqaça mexanizmini taklif qilmoqda va kelişuvga Rafah nazorat-ötkaziş punktining har ikki yönalişda uzluksiz işlaşi kafolatlanişi haqidagi bandni kiritişga çaqirmoqda.
6 iyul kuni HAMAS va Isroil Misr, Qatar va AQŞ vositaçiligida Dohada öt oçişni töxtatiş va garovga olinganlarni ozod qiliş böyiça muzokaralarni qayta boşladi. Ötgan duşanba kuni Falastin harakatiga yaqin bölgan Maan agentligi tomonlar kelişuvni şu haftada, uzoği bilan kelasi hafta boşida imzolaşi mumkinligini ma’lum qildi. Şu bilan birga, agentlik barça bandlar hali kelişib olinmaganini ta’kidladi.









