Şerobod tumani, Qizilolma mahallasida joylaşgan Surxon davlat qöriqxonasiga qaraşli hududda 2 kun oldin boşlangan yonğin hamon davom etayotgani ma’lum böldi. Bu haqda Kun.uz’ga mahalliy aholi xabar berdi.

Guvohlarning sözlariga köra, yonğin tobora kuçayib, kengroq hududni egallab olmoqda. Uni öçirişga bölgan uriniş foyda bermayapti.

“Surxondaryoning “öpkasi” yonib ketmoqda. 2 ta vertolyot jalb qilingan, ammo ularning kuçi yetmayapti yonğinni öçirişga. 5 gektar maydonda quruq öt yongani haqidagi gap yolğon. Yonğin minglab gektar maydonni egallab olyapti. Köp yillik arçalar yonib ketmoqda, qança yovvoyi hayvonlar nobud bölmoqda. Odamlar xavotirda”, deydi Kun.uz jurnalisti bilan suhbatlaşgan guvohlardan biri.

Tahririyatga qöriqxonadagi yonğin hamon davom etayotgani aks etgan videolavhalar kelib tuşdi. Unda olov tobora kengroq maydonni egallab olayotgani, daraxtlar ham yonib kulga aylanayotganini köriş mumkin.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi 23 iyul kuni tuşdan keyin boşlangan uşbu yonğin 24 iyul kuni soat 00:35 da töliq öçirilgani haqida ma’lum qilgandi. Xabarlarda qöriqxonaga qaraşli hududda taxminan 5 gektar maydonda quruq öt yonayotgani aytilgan.

Kun.uz holat yuzasidan Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan boğlandi. Vazirlik matbuot kotibi yonğin rasman öçirilganini ma’lum qildi.