Rossiya Tergov qömitasi 2024 yil 22 mart kuni «Krokus Siti Xoll» konsert zaliga hujum uyuştirgan terrorçilik hamjamiyati taşkilotçilarini, şuningdek, ularning tayyorgarligi va harakatlari tafsilotlarini aniqladi. Bu haqda iş hujjatlariga tayanib, TASS xabar berdi.

Materiallarda qayd etilişiça, guruh taşkilotçilari xorijda bölgan, ular - Bekov A.I. va Hikmatov A.M. Tergov versiyasiga köra, ular Rossiyadagi vaziyatni beqarorlaştiriş maqsadida «Ukraina oliy siyosiy rahbariyati manfaatlarini közlab harakat qilgan». Bekov va Hikmatov 2023 yil 1 iyundan «Viloyati Xuroson» terrorçilik taşkilotiga qasamyod qilgan guruh a’zolarini teraktlar sodir etişga tayyorlagan.

Tergov ma’lumotlariga köra, taşkilotçilar 2023 yil noyabridan 2024 yil martigaça «Sayfullo» va «Axi» taxallusli noma’lum şaxslar orqali moddiy mukofot evaziga «Krokus Siti Xoll» konsert zaliga hujumni tayyorlagan.

Tergov davomida hujum ijroçilari - Şamsidin Fariduni, Saidakrami Rajabalizoda, Dalerjon Mirzoyev va Muhammadsobir Fayzov Turkiya hududida tayyorgarlikdan ötgani aniqlangan. Materiallarda qayd etilişiça, taşkilotçilar, rahbarlar va bevosita ijroçilar örtasidagi aloqani Turkiyada bölib turgan, Pokiston va Afğoniston hududidagi uçraşuvlarni muvofiqlaştiriş va taşkil etiş uçun mas’ul bölgan Muhammadsobir Fayzov ta’minlagan. Turkiyadagi ta’lim öqotar qurollardan foydalaniş böyiça amaliy könikmalarni öz içiga olgan.

22 martdagi hujumdan bir neça soat oldin Şamsiddin Fariduni qöriqçilar bor-yöqligini tekşiriş uçun konsert zali binosiga razvedkaga borgan. Keyin şeriklariga hujum rejasini amalga oşiriş imkoniyati mavjudligi haqida xabar bergan va şu kuni keçqurun ular voqea joyiga yetib borgan. Ta’kidlanişiça, Mirzoyev, Fayzov va Rajabalizoda qörquv hissini susaytiriş uçun tarkibida mefedron bölgan giyohvand moddani iste’mol qilgan, bu sud ekspertizasi materiallari bilan tasdiqlangan. Faridunida esa giyohvand modda izlari aniqlanmagan.

Ijroçilar 59 ta öqdonli uçta Kalaşnikov avtomati (1381 ta patron), Makarov töpponçasi, törtta piçoq, beş şişa benzin, yondirgiçlar va peşona çiroqlarini olib borgan. Hujumdan söng tört nafar ijroçi «Ukraina hududida yaşirinişga uringan», biroq Bryansk viloyatida qölga olingan.

Tergov qilinayotgan iş böyiça jami 19 kişi hibsga olingan: ularning bir qismi bevosita ijroçilar, boşqalari esa yordamçilar. Rossiya Tergov qömitasi ma’lumotlariga köra, terakt oqibatida 149 kişi halok bölgan, bir fuqaro bedarak yöqolgan, yana 609 kişi turli darajadagi jarohatlar olgan. Hujumdan yetkazilgan umumiy zarar 6 mlrd rublga (≈36 mln dollar) baholanmoqda.