Rossiya böylab migrantlarning taksida işlaşini taqiqlaş kerak. Bu haqda Davlat dumasining mintaqaviy siyosat va mahalliy özini özi boşqariş qömitasi raisi örinbosari Mixail Matveyev aytdi.
Uning sözlariga köra, Sankt-Peterburgda jamoat transporti sohasida migrantlar işini çeklaş böyiça joriy etilgan çora fuqarolar xavfsizligini oşirişi mumkin. Uning ta’kidlaşiça, xuddi şunday çeklovlar Samara viloyatida ham joriy etilgan.
«Bu töğri, çunki umuman olganda, jamoat transporti, jumladan, taksi işiga juda mas’uliyat bilan yondaşiş kerak. Bunday taqiqni Rossiyaning [butun] hududiga tarqatiş zarurati bor», dedi Matveyev.
Deputatning ta’kidlaşiça, taqiq Rossiya pasportini olgan migrantlarga, şuningdek, Qirğiziston, Qozoğiston va Armaniston fuqarolariga taalluqli bölmaydi. Uning ta’kidlaşiça, bunday çoralar joriy etilganda iş örinlari Rossiya fuqarolari foydasiga qayta taqsimlanişi mumkin. Matveyevning tuşuntirişiça, bunday çeklovlar faqat Tojikiston va Özbekiston fuqarolariga nisbatan qöllaniladi.
28 iyul kuni Sankt-Peterburg gubernatori Aleksandr Beglov çet el fuqarolariga 2025 yil oxirigaça şaharda taksida işlaşni taqiqlovçi qarorni imzolagan edi.











