Davlat rahbarining tegişli farmon va farmoyişlari bilan, Prezident Administratsiyasida bir qator tayinlovlar amalga oşirildi.

Kamoliddin Karamiddinoviç Mardonov – Administratsiyaning Huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil qiliş departamenti boşliğining birinçi örinbosari lavozimiga tayinlandi va şu munosabat bilan Administratsiyaning agrar sohada işlab çiqariş, daromadlarni köpaytiriş hamda suvdan oqilona foydalaniş böyiça taşabbuslarni işlab çiqiş şu’basi mudiri lavozimidan ozod etildi.

Uluğbek Umaraliyeviç Xanayev – Administratsiyaning Huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil qiliş departamenti boşliği örinbosari – boş yuriskonsult lavozimiga tayinlandi va şu munosabat bilan Prezidentning huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil qiliş masalalari böyiça maslahatçisining birinçi örinbosari – boş yuriskonsult lavozimidan ozod etildi.

Eldor Otamurodoviç Hamroyev – Administratsiyaning Huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil qiliş departamenti boşliği örinbosari lavozimiga tayinlandi va şu munosabat bilan Administratsiyaning yer munosabatlari va xususiy mulkni himoya qiliş sohasida muhim taşabbuslarni işlab çiqiş şu’basi mudiri lavozimidan ozod etildi.

Aziz Hasanoviç Azimov – Administratsiyaning Jamoat xavfsizligi va qonun ustuvorligi böyiça departament boşliğining birinçi örinbosari lavozimiga tayinlandi va şu munosabat bilan Administratsiyaning axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va jamoat loyihalari böyiça şu’basi boş konsultanti lavozimidan ozod etildi.

Sergey Nikolayeviç Gordeyev – Administratsiyaning Jamoat xavfsizligi va qonun ustuvorligi böyiça departament boşliği örinbosari lavozimiga tayinlandi va şu munosabat bilan Administratsiyaning içki işlar va bojxona organlari faoliyatini muvofiqlaştiriş şu’basi mudiri lavozimidan ozod etildi.

Gulruxsor Qudratovna Xatamova – Administratsiyaning Kommunikatsiyalar departamenti boşliği birinçi örinbosari lavozimiga tayinlandi va şu munosabat bilan Administratsiyaning jamoat fikrini örganiş va tahlil qiliş şu’basi mudiri lavozimidan ozod etildi.

Farrux Farxodjonoviç Omonov – Administratsiyaning Kommunikatsiyalar departamenti boşliği örinbosari lavozimiga tayinlandi va şu munosabat bilan Administratsiyaning axborot ta’minoti va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar şu’basi mudiri lavozimidan ozod etildi.