Prezident Vladimir Putin 2025 yil sentabr oyidan boşlab Rossiyada migrantlar uçun yangi davlat bojlari joriy etilişi, ilgari amalda bölgan bojlar qiymati esa oşirilişi töğrisidagi qonunni imzoladi.

Jumladan, 1 sentabrdan boşlab, çet el fuqarolarini yaşaş joyi böyiça hisobga qöyiş uçun 500 rubl, şuningdek, vaqtinça böliş muddatini uzaytiriş uçun 1 ming rubl miqdorida yiğim joriy etiladi.

Bundan taşqari, patent beriş yoki qayta rasmiylaştiriş uçun 4,2 ming rubl miqdorida boj amal qila boşlaydi.

Işlaş uçun ruxsatnomaning amal qiliş muddatini uzaytiriş uçun migrantlar 4,2 ming rubl, uning dublikatini beriş yoki ruxsatnomaga tuzatişlar kiritiş uçun esa 2,1 ming rubl tölaşi kerak böladi.

Uşbu qonun loyihasi iyul oyi boşida Davlat Dumasiga körib çiqiş uçun kiritilgan edi. Tuşuntiriş xatida aytilişiça, davlat bojlari qiymati 2014 yilda örnatilgan va şundan beri özgarmagan. Şuningdek, «sezilarli migratsiya oqimlari» şaroitida çet el fuqarolarining Rossiyada bölişini nazorat qiliş işlari «alohida ahamiyatga ega» ekani ta’kidlangan.