AQŞ Senati Rossiyaga qarşi yangi sanksiyalar kiritiş töğrisidagi qonun loyihasini qabul qilmasdan yozgi ta’tilga ketmoqçi. Şu tariqa, AQŞ prezidenti Donald Trampga Rossiyaga qarşi va’da qilingan sanksiyalarni joriy etiş yoki qilmaslik masalasini mustaqil hal qiliş uçun mutlaq huquq beriladi. Bu haqda The Hill xabar berdi.
Yaqinda Tramp Rossiyaga qarşi yangi sanksiyalar kiritiş muddatini 10-12 kungaça qisqartirişini ma’lum qilgandi. Naşrning qayd etişiça, agar Rossiya prezidenti Vladimir Putin sulhga rozi bölmasa, bu muddat 8 avgustda tugaşi kerak.
Şuningdek, yangi bojlardan nafaqat Rossiya, balki undan neft sotib oluvçi davlatlar ham zarar körişi mumkin. Naşrning ta’kidlaşiça, ogohlantiriş sifatida Oq uy rahbari Rossiya energiya manbalarining asosiy importçilaridan biri bölgan Hindistonga qarşi 25 foizlik tariflar joriy etilişini e’lon qilgan. Şunisi e’tiborga loyiqki, qonun loyihasida ikkilamçi bojlarni 500 foiz miqdorida joriy etiş taklif qilingan edi.
Ta’kidlanişiça, senatorlar Ukrainani qöllab-quvvatlaş tarafdori bölib, qonun loyihasi ular bir oylik ta’tilga ketişidan oldin qabul qilinişini xohlagan bölsa-da, heç bölmaganda yoz oxirigaça Rossiyaga qarşi sanksiyalar qöllaşning maqsadga muvofiqligi haqidagi qaror endi töliq Trampning qölida qolmoqda.
Naşrning ta’kidlaşiça, demokratlar Tramp Putinni jazolaşiga şubha bilan qaramoqda, garçi u Kreml rahbarining sulhga rozi bölişni istamasligidan tobora köproq hafsalasi pir bölsa-da.
Respublikaçilar partiyasi senatori Lindsi Grem bilan birgalikda sanksiyalar töğrisidagi qonun loyihasining hammuallifi bölgan demokrat senator Riçard Blyumental agar Tramp hujjatda taklif qilingan çeklovlarning beşdan bir qismini joriy qilsa ham buni ğalaba deb hisoblaşini aytdi.











