HAMAS guruhi poytaxti Quddus bölgan Falastin davlati taşkil etilmagunça qurolsizlanişdan boş tortişini ma’lum qildi.

«Qurolli qarşilik (...) milliy huquqlarimiz töliq tiklanmagunça va birinçi navbatda, poytaxti Quddus bölgan mustaqil va töliq suveren Falastin davlatini yaratmagunça töxtaşi mumkin emas», deb HAMAS bayonotidan iqtibos keltirdi Al Arabiya.

Avvalroq, AQŞ prezidentining maxsus vakili Stiv Uitkoff HAMAS qurolsizlanişga tayyorligi haqida gapirgan edi. HAMAS bayonoti bu sözlarni inkor qiladi.

Şuningdek, HAMAS ham Uitkoffning Ğazo sektoriga, aholiga insonparvarlik yordami tarqatiş markaziga taşrifini tanqid qilib, safarni «jamoatçilik fikrini çalğitişga qaratilgan oldindan tayyorlangan teatr spektakli» deb atadi. HAMAS Qöşma Ştatlarni Ğazoda öt oçişni töxtatiş, Isroil qöşinlarini olib çiqiş, anklavdan qamalni olib taşlaşda rol öynaşga çaqirdi.

Avvalroq Uitkoff Ğazo sektoridagi janglarni uzil-kesil töxtatiş va vaziyatni töliq hal qiliş böyiça kelişuvga erişiş hozir asosiy siyosiy vazifa bölişi kerakligini aytgandi.

Şu bilan birga, Uitkoff HAMAS bilan garovga olinganlar böyiça muzokaralardagi muvaffaqiyat haqida xabar beradigan heç narsa yöqligini aytdi.

«HAMAS özini sözida turmaydigandek tutmoqda. Muzokaralar hafsalani pir qildi va endi biz öylayapmiz: biz hamma narsani qilişimiz yoki heç narsa qilmasligimiz kerak», dedi prezidentning maxsus vakili.