Şavkat Mirziyoyev Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedovning taklifiga binoan BMTning Dengizga çiqiş imkoni bölmagan rivojlanayotgan mamlakatlar böyiça uçinçi konferensiyasi tadbirlarida iştirok etiş uçun 4–5 avgust kunlari amaliy taşrif bilan uşbu mamlakatda böladi.
Prezident matbuot xizmati xabariga köra, «Avaza» milliy sayyohlik zonasida bölib ötadigan tadbirda BMT boş kotibi Antoniu Guterriş, xorijiy davlatlar va hukumatlar, xalqaro va mintaqaviy taşkilotlar rahbarlari iştirok etadi.
Konferensiya kun tartibidan transport jihatidan özaro boğliqlikni mustahkamlaş va savdo tartib-taomillarini soddalaştiriş, iqtisodiy transformatsiya, iqlim özgarişi va atrof-muhit uçun xatarlarga bardoşlikni oşiriş, Barqaror rivojlaniş maqsadlarini röyobga çiqarişda xalqaro hamkorlikni rivojlantirişning dolzarb masalalari örin olgan.
Avaza siyosiy deklaratsiyasi va harakatlar dasturining qabul qilinişi közda tutilgan.
Özbekiston yetakçisi Turkmanistonga taşrif doirasida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining yettinçi Maslahat uçraşuviga tayyorgarlik köriş masalalariga bağişlangan tadbirda ham iştirok etadi hamda qator ikki tomonlama muzokaralar ötkazadi.











