Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaman sohillari yaqinida qayiq ag‘darilishi oqibatida 60 dan ortiq kishi halok bo‘ldi
Yana o‘nlab kishilar bedarak ketgan.
Foto: Getty Images
Yaman sohillari yaqinida muhojirlar tushgan qayiq halokatga uchrashi oqibatida kamida 68 kishi halok bo‘ldi. Ma’lum qilinishicha, qayiq bortida jami 150 dan ortiq kishi bo‘lgan.
Mahalliy rasmiylar ma’lumotiga ko‘ra, qayiq noqulay ob-havo sharoitida Abyan viloyatining janubiy qirg‘oqlari yaqinida ag‘darilib, cho‘kib ketgan.
Xalqaro migratsiya tashkilotining Yamandagi vakolatxonasi rahbari Abdusattor Esoyevning BBC’ga ma’lum qilishicha, 68 kishining jasadi suvdan chiqarib olingan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, 12 kishi qutqarib qolingan, qolganlar hamon bedarak yo‘qolganlar ro‘yxatida qolmoqda.
«Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, o‘nlab odamlar halok bo‘lgan, ularning aksariyati Efiopiya fuqarolari bo‘lgan», – deya ma’lum qilgandi avvalroq Xalqaro migratsiya tashkiloti (IOM).
Yaman Afrika mamlakatlaridan Fors ko‘rfazi davlatlariga ish izlab borayotgan muhojirlar uchun asosiy yo‘nalish bo‘lib qolmoqda.
IOM hisob-kitoblariga ko‘ra, so‘nggi oylarda muhojirlar bo‘lgan qayiqlar halokati oqibatida yuzlab odamlar halok bo‘lgan yoki bedarak yo‘qolgan.
«Ushbu dahshatli voqea ko‘pincha odamlarning umidsizligi va zaifligidan foydalanadigan vijdonsiz kontrabandachilar tomonidan tashkil etilgan xavfli sayohatlarga chiqayotgan muhojirlarni himoya qilish mexanizmlarini kuchaytirish zarurligini ko‘rsatadi. IOM bunday jinoiy harakatlarda aybdor bo‘lgan shaxslarni javobgarlikka tortish va yangi fojialarning oldini olish maqsadida xalqaro hamkorlikni kuchaytirishga chaqiradi», – deyiladi tashkilot bayonotida.
Mavzuga oid
20:56 / 04.12.2025
Janubiy Koreya noqonuniy migrantlarning ixtiyoriy ravishda chiqib ketishi uchun 90 kunlik dastur e’lon qildi
18:37 / 01.12.2025
Rossiyada 1 dekabrdan chegarani kesib o‘tgan xorijliklardan biometriya yig‘ish boshlandi
10:27 / 29.11.2025
AQShdagi o‘zbekistonlik haydovchilar kuchaytirilgan migratsiya reydlari haqida ogohlantirildi
23:31 / 28.11.2025