Milliy statistika qoʻmitasi Oʻzbekistonga xorijiy davlatlardan doimiy yashash maqsadida koʻchib kelganlar soni boʻyicha maʼlumotlarni eʼlon qildi.
Unga koʻra, 2026-yilning yanvar–iyun oylarida mamlakatga xorijdan jami 1 649 kishi doimiy yashash uchun koʻchib kelgan.
Bu koʻrsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 976 nafarga yoki 2,5 barobarga oshgan.
Oʻzbekistonga koʻchib kelganlar orasida Rossiyadan kelganlar eng koʻp - 580 nafar. Keyingi oʻrinlarda Qozogʻiston - 362 nafar va Tojikiston - 147 nafar bilan qayd etilgan. Boshqa davlatlardan esa jami 560 kishi koʻchib kelgan.
Hududlar kesimida xorijdan koʻchib kelganlarning asosiy qismi Toshkent shahrini tanlagan. Poytaxtga olti oy davomida 1 089 kishi doimiy yashash uchun koʻchib kelgan.
Toshkent viloyatiga 269 nafar, Qoraqalpogʻiston Respublikasiga 115 nafar, Navoiy viloyatiga 31 nafar va Samarqand viloyatiga 22 nafar kishi koʻchib kelgan.
Shuningdek, Xorazm viloyatiga 21 nafar, Surxondaryo viloyatiga 18 nafar, Sirdaryo va Fargʻona viloyatlariga 15 nafardan, Buxoro va Namangan viloyatlariga 13 nafardan kishi kelgan.
Jizzax viloyatiga 12 nafar, Andijon viloyatiga 11 nafar hamda Qashqadaryo viloyatiga 5 nafar kishi xorijdan doimiy yashash uchun koʻchib kelgan.
Statistikadan koʻrinishicha, 2026-yilning birinchi yarmida xorijdan Oʻzbekistonga doimiy yashash uchun koʻchib kelganlarning qariyb uchdan ikki qismi Toshkent shahri hissasiga toʻgʻri kelgan.







