Hujjatga köra, Çorvoqdagi yirik quriliş işlari loyihalaş bilan parallel olib boriladi. Investorga infratuzilma obektlarini quriş uçun hukumat kredit ajratadi. Qaror bilan kam qimmatli daraxtlarni köçiriş yoki kesilgan daraxt uçun kompensatsiya tölanmay, örnini 5−7 yillik 10 tup köçat bilan töldirişga ruxsat berilgan.

Vazirlar Mahkamasining qarori bilan Çorvoq atrofidagi 577 gektar yer maydoni ozarboyjonlik tadbirkor Emin Agalarovning “Sea Breeze Uzbekistan” loyihasi uçun ajratib berildi.

Hujjat bilan investor oldiga bir qança şartlar qöyilgan. Kun.uz qarordagi muhim bandlarni şarhlaydi.

Vazirlar Mahkamasining Çorvoq suv ombori böyida “Sea Breeze Uzbekistan” umummavsumiy kurort majmuasini barpo etiş va bu böyiça yirik investitsiya loyihasini amalga oşiriş çora-tadbirlarini öz içiga olgan 490-sonli qarori qabul qilindi.

577 gektar yer maydonini egallaydigan loyihaning qiymati 5 mlrd AQŞ dollari etib belgilangan. Uni qurişda “Sea Breeze Uzbekistan” MÇJning takliflari eng yaxşi taklif sifatida tanlangan. Agalarov loyihani 2025-2035 yillarda amalga oşirişi belgilangan.

Ma’lumot uçun, “Sea Breeze Uzbekistan” MÇJning 50 foiz uluşiga AGALAROV DEVELOPMENT, qolgan 50 foiziga fuqaro Mahmudov Uluğbek Abdurasuloviç egalik qiladi.

577 gektar yer uçastkasi Böstonliq tumani hokimligi tasarrufiga qaytarilib, böş turgan yer uçastkasi sifatida “Sea Breeze Uzbekistan” MÇJga 25 yilga töğridan-töğri ijara huquqi bilan beriladi.

Ijara qiymati 1,7 trln sömga baholangan. Investor ijara uçun 5 yil davomida 17 mlrd sömni bölib-bölib tölaş majburiyatini olgan. Bu summa ijaraning bozor bahosini 0,01 koeffitsiyentda kamaytirgan holda aniqlangan.

Qarorga köra, tadbirkor yer uçastkalarini tasdiqlangan master-reja asosida lotlarga bölib, boşqa şaxsga ötkazişi, ya’ni qayta ijaraga berişi mumkin.

Hukumat qöygan talablar

Agalarov 2 oy içida Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,