30 iyul kuni Kamçatkada sodir bölgan kuçli zilzila oqibatida yuzaga kelgan sunami Vilyuçinsk şahri yaqinidagi harbiy bazaning pirsiga zarar yetkazdi. Buni 4 avgust, duşanba kuni Amerikaning The New York Times gazetasi tomonidan e’lon qilingan sun’iy yöldoşdan olingan suratlar tasdiqlaydi.
Naşr Amerikaning Planet Labs kompaniyasi yuqori aniqlikdagi rangli sun’iy yöldoş suratlarini çop etdi. Ular pirslardan biri qisman ikkiga bölinib ketganini körsatadi. Boşqa zarar yöq. Bir neçta kemalar, jumladan, beşta suvosti kemasi yaqin atrofdagi boşqa pirslarda bölgan. NYT ta’kidlaşiça, radiatsiya darajasida ham ösiş kuzatilmagan.
"Rybaçiy" bazasi sifatida ham tanilgan "Vilyuçinsk" joylaşiş punktida Rossiya Tinç okean flotining aksariyat atom suvosti kemalari joylaşgan.
1 avgust kuni Britaniyaning The Daily Telegraph gazetasi ham Vilyuçinskdagi baza sunami oqibatida zarar körgani haqida xabar berdi. Naşr Amerikaning Umbra Space firmasining past aniqlikdagi oq-qora tasvirlariga işora qilgan. Ular, şuningdek, pirslardan biri qisman bölinib ketganini körsatdi.
Tasvirlarga köra, şikastlangan pirs yaqinida bironta ham suvosti kemasi bölmagan. Şu sababli, The Daily Telegraph gazetasi yetkazilgan zararning harbiy ahamiyatga ega bölişini dargumon deb yozgan.












