2025 yil dekabrida Petropavlovsk-Kamçatskiy regionida 370 millimetr yoğin tuşgandi (bu oylik normaning 316 foizi degani), 2026 yil yanvar oyining birinçi yarmida esa şaharda yana 163,6 millimetrlik qor yoğgan (bu oylik normaning 150 foizidir), deb xabar bergan «Kamçatka-Inform» agentligi hududiy gidrometeomarkazga asoslanib.
Şaharda qor qoplami balandligi 170 santimetrga yetgan, ayrim rayonlarda bu körsatkiç 2,5 metrdan ortiq. Mahalliy aholi ijtimoiy tarmoqlarda beş metrgaça balandlikdagi qor uyumlari haqida yozişgan.




Petropavlovsk-Kamçatskiyda munitsipal darajadagi favqulodda vaziyat rejimi davom etmoqda. 17 yanvarga kelib Kamçatkaga qor yoğdirgan siklonlar çekina boşlagan bölsa-da, regionda qor köçkisi xavfi haqida ogohlantiriş hamon amal qilmoqda. Duşanbaga ötar keçasi Petropavlovsk-Kamçatskiy köçalaridan 2,5 ming metr kub qor olib çiqib ketilgan.
Kamçatgidromet rahbari Vera Polyakovaning ma’lum qilişiça, sönggi bir yarim oy içida Kamçatkada yuzaga kelgan ob-havo şaroiti ekstremal toifasiga kiradi va juda kamdan kam hollarda qayd etiladi. «Sönggi marta bunday miqyosdagi vaziyat 1970-yillar boşlarida qayd etilgan, öşanda qisqa vaqt içida bir vaqtning özida bir neça oylik yoğingarçilik miqdori kuzatilgan. Zamonaviy kuzatuvlar davri uçun bunday şaroitlar juda kam uçraydi», – dedi u favqulodda vaziyatni bartaraf etiş komissiyasi yiğilişida.
Qor kollapsi fonida Petropavlovsk-Kamçatskiyda yölovçi avtobuslar harakati töxtab qolgan. Odamlarni Rosgvardiya avtozaklari va obodonlaştiriş xizmatlari uçun möljallangan maxsus avtobuslarda taşişmoqda. Faqat 17 yanvar kunidan yölovçi avtobuslari harakati muayyan çeklovlar bilan qayta tiklandi.

















