Moskvada «Krokus Siti Holl»dagi terakt işi böyiça sud boşlandi. 2024 yil 22 mart kuni «Piknik» guruhi çiqişi boşlanişi arafasida terrorçilar Moskva çekkasidagi konsert zaliga bostirib kirib, muxlislar va binoda işlovçi xodimlarni öqqa tutgandi. Binoda yirik yonğin çiqqan, terakt oqibatida 149 kişi halok bölgan, bir kişi bedarak yöqolgan. Tergov ma’lumotlariga köra, 600 dan ortiq kişi yaralangan va jarohatlangan. Yetkazilgan zarar miqdori 5,7 mlrd rublni taşkil etdi.
19 kişi sud qilinmoqda: bular tört nafar ijroçi va ularga «yordamlaşgan» 15 kişi. Teraktning bevosita ijroçilari sifatida Tojikistonning tört fuqarosi – Dalerjon Mirzoyev, Saidakrom Rajabalizoda, Şamsiddin Fariduniy va Muhammadsobir Fayzov ayblanmoqda. Sudda törtalasi ham öz aybiga töliq iqror böldi va jabrlanuvçilardan keçirim söradi, deb yozadi TASS.
Jabrlanuvçilar advokati Lyudmila Ayvarning aytişiça, sud majlisida sudlanuvçilarning şaxsiga oid materiallar örganiladi, şundan söng davlat ayblovçisi ularni hibsga oliş muddatini yana 6 oyga uzaytirişni söraydi.

Jinoyat işi böyiça yana 15 kişi tergov qilinmoqda, ayblov tomoni ularni terrorçilarning şeriklari deb hisoblamoqda. Ulardan 8 nafari aybiga qisman iqror bölgan, 7 nafari ayblovni rad etgan.
Inguşetiyalik Husen Medov va Jabroyil Auşev böş patronlar bilan otişga moslaştirilgan qurolni jangovar qurolga aylantirişda ayblanmoqda. Beş nafari – Şahromjon Gadoyev, Zubaydullo Ismoilov, Husayn Hamidov va aka-uka Umedjon va Mustaqim Soliyevlar – teraktning ehtimoliy ijroçilariga qurol va öq-dorilar yetkazib berişgani aytiladi.
Ayblov xulosasiga köra, yana tört kişi – Yoqubjoni Davlatxon Yusufzoda, Nazrimad Lutfulloiy, Jumaxon Qurbonov va Muhammad Zoir Şarifzoda qolganlarni pul bilan ta’minlagan.
Alişer Kasimov uyni asosiy ayblanuvçilarga ijaraga bergan. Tergov versiyasiga köra, u kvartiradan «Krokus»ga hujumga tayyorgarlik köriş uçun foydalanayotganidan xabardor bölgan. Isroil Islomov va uning öğillari Dilovar va Aminçon yangiliklarda terakt ijroçilari «Reno» avtomobilida voqea joyidan qoçib ketganini körib, politsiyaga özlari kelişgan. Ular «Krokus»ga hujum qilinişidan bir neça kun oldin sotilgan maşinani tanişgandi. 2024 yil avgust oyida hibsga oliş muddatini uzaytiriş böyiça sud majlislaridan birida Kasimov şunday qiçqirgandi: «Mayli, bizning aybsiz ekanimizni bilib olişsin».















