Oğir jinoyat sodir etgani uçun sudlangan migrantlarning qarindoşlarini Rossiyadan çiqarib yuboriş kerak, tegişli qonun loyihasi allaqaçon Davlat Dumasiga kiritilgan. Bu haqda «Spravedlivaya Rossiya — Za pravdu» partiyasi raisi Sergey Mironov ma’lum qildi, deb yozdi 360.ru.
Hujjatda, uning sözlariga köra, mamlakat hududida yoki uning taşqarisida oğir jinoyat sodir etgan xorijliklarning Rossiyaga kirişi taqiqlanişi közda tutilgan. Bu sudlanganlikning olib taşlanişi va bekor qilinişidan qat’i nazar sodir böladi, deb qöşimça qildi Mironov va taşabbus huquqbuzarliklar sonini kamaytirişga yordam beradi, degan fikrni bildirdi.
«Afsuski, Örta Osiyo mamlakatlaridan kelganlarning jinoiy ötmişi bizning huquq-tartibot idoralari uçun yetti muhr ortidagi sir bölib qolmoqda. Heç kim migrantlar Rossiyaga kelişidan oldin öz vatanida nima bilan şuğullanganini yoki öziga qanday doğ tuşirganini aniq bilmaydi», dedi parlament a’zosi.
Mironov, şuningdek, oilaviy klanlarni mamlakatdan çiqarib yuborişni taklif qildi. Biroq u tegişli qonun loyihasi parlament quyi palatasi muhokamasiga kiritilgan-kiritilmaganiga aniqlik kiritmadi.











