«Rossiyskiy fond mira» xalqaro jamoat fondi Qirğiziston prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston rahbari Imomali Rahmon va Özbekiston yetakçisi Şavkat Mirziyoyevni xalqaro huquq ustuvorligi asosida umumiy va teng xavfsizlikni ta’minlaş, köp qutbli dunyo barpo etiş, xalqlar örtasida özaro anglaşuv va hamkorlikni mustahkamlaşga qöşgan salmoqli hissasi uçun Lev Tolstoy nomidagi xalqaro tinçlik mukofotiga nomzod etib körsatdi. Bu haqda jamğarma boşqaruvi raisi, Davlat dumasining xalqaro işlar böyiça qömitasi rahbari Leonid Slutskiyning mukofot hay’atiga yöllagan maktubida aytiladi, deb xabar berdi TASS.
Murojaatnomada 2025 yil 31 mart kuni Xöjand şahrida bölib ötgan uç davlat rahbarlarining birinçi sammitidagi tarixiy kelişuvlar - Qirğiziston, Tojikiston va Özbekiston çegaralarining tutaş nuqtasi töğrisidagi şartnoma hamda «Abadiy döstlik töğrisida»gi Xöjand deklaratsiyasi imzolangani, ular barqarorlik va izçil taraqqiyot maqsadlarini ta’minlaş, butun mintaqaning xalqaro nufuzini oşirişga xizmat qilişi ta’kidlanadi.
«Rossiyskiy fond mira» Sadir Japarov, Imomali Rahmon va Şavkat Mirziyoyevni köp qutbli dunyo qurilişi hamda xalqlar örtasidagi özaro tuşuniş va hamkorlikni mustahkamlaşga qöşgan hissasi uçun L.N.Tolstoy nomidagi xalqaro tinçlik mukofotiga nomzod qilib körsatişni taklif etadi», deyiladi murojaatnomada.
Slutskiyning ta’kidlaşiça, uşbu davlatlar rahbarlarining sa’y-harakatlari tufayli Yevrosiyo makonida xavfsizlik ta’minlanmoqda, Markaziy Osiyo davlatlari örtasida vizasiz hudud yaratiş va mintaqaning sayyohlik jozibadorligini oşiriş ğoyasi böyiça muloqot davom etmoqda.
Lev Tolstoy nomidagi xalqaro tinçlik mukofoti uçinçi jahon uruşi boşlanişi xavfiga qarşi kuraşişga qaratilgan faoliyatdagi alohida xizmatlari uçun; xalqaro huquq ustuvorligi asosida umumiy va teng xavfsizlikni ta’minlaşga, qurollaniş poygasini töxtatişga, köp qutbli va zöravonliksiz dunyo qurişga qöşgan salmoqli hissasi uçun beriladi.
2024 yilda birinçi mukofot Afrika Ittifoqiga berildi. Mukofotni uyuşma nomidan Afrika Ittifoqi komissiyasi raisi Musa Faki Maxamat qabul qilib oldi.











