Parfyum bu faqat hid emas. U sizning kimligingiz, qanday kayfiyatda ekanligingiz va hatto boşqalarga qanday ta’sir qilişni xohlayotganingizni ifodalaydi. Ayollar tanlagan atirlar nafaqat ongli, balki ongsiz istaklari, keçmiş tajribalari va ruhiy ehtiyojlari bilan çambarças boğliq. Zamonaviy psixologiya bu jarayonni hid va şaxsiyat örtasidagi nozik psixologik aloqa sifatida izohlamoqda. Har bir atir notasi ostida xotiralar, istaklar va ehtiroslar yaşiringan.
Atirlar qanday kuçga ega?
Parfyum burun orqali miyaning limbik tizimiga bevosita ta’sir qiladi. Bu tizim esa xotira, his-tuyğu, xulq-atvor va qaror qabul qiliş uçun mas’ul bölgan markazdir. 2016 yilda Journal of Advanced Research naşrida e’lon qilingan tadqiqotga köra, lavanda, sadr yoğoçi, sitrus va vanil kabi hidlar inson kayfiyatiga ijobiy ta’sir körsatadi, kortizol (stress gormoni) darajasini pasaytiradi va insonning öziga bölgan işonçini oşiradi.
Parfyum şunçaki his-tuyğularni uyğotibgina qolmay, balki ularni boşqarişga yordam beradi. Masalan, inson özini asabiy, çarçagan yoki tuşkun his qilganda, ma’lum bir atirni sepiş orqali kayfiyatni özgartirişi, özini “yaxşiroq” his qilişi mumkin. Bunday holatlarni ba’zi mutaxassislar “hissiy rekalibratsiya” deb ataşadi, ya’ni hid orqali ruhiy holatni tiklaş. Şuningdek, bu jarayon köpinça ong ostida yuz beradi. Ya’ni, inson öziga ma’qul bölgan atirni tanlarkan, u buni faqat hidning yoqimliligi uçun emas, balki u beradigan taşqi va içki signallar: xavfsizlik, işonç, jasorat, joziba yoki osoyiştalik uçun tanlaydi.
Atir tanlovi – nafis didmi yoki içki ehtiyoj?
Psixologlarning fikriça, ayol tanlagan parfyum orqali nafaqat özining hozirgi holatini, balki qanday qiyofada körinişni istaşini ham bildiradi. Tadqiqotçi Vim Janssens tomonidan ötkazilgan tajriba natijalariga köra:
- Gulli notalarni tanlaganlar odatda nafislik va romantikani qadrlovçi, his-tuyğularga boy ayollardir.
- Yoğoçsimon va yerga yaqin notalar mustaqil, mulohazali va öz qoidalari bilan yaşaydigan şaxslarga xosdir.
- Mevali va şirin hidlarni afzal körganlar esa köproq oçiqköngil, quvnoq va ijtimoiy faollikka moyildir.
- Ayollar uçun ham, erkaklar uçun ham mos keladigan parfyumlar esa gender stereotiplaridan çetda bölişni xohlaydigan, öziga xos şaxsiyat egalariga xos.












