Özbekiston boks federatsiyasi Parij-2024 Olimpiadasi çempioni Lazizbek Mullajonovning namunasida taqiqlangan metasteron moddasi aniqlangani va u barça musobaqalardan vaqtinçalik çetlatilgani haqidagi xabarga munosabat bildirdi.
Qayd etilişiça, unga 2024 yil 19 noyabr kuni Farğona şahridagi xususiy şifoxonada soç köçirib ötkazilgan. Şu sababli boksçi 4 bosqiçli operatsiya amaliyotida va operatsiyadan keyingi muolajalarda şifoxona tomonidan berilgan dori vositalarini qabul qilgan. Uşbu dori vositalarida ayrim taqiqlangan doping moddalari bölişi mumkinligi taxmin qilinmoqda.
Özbekiston boks federatsiyasi va Lazizbek Mullajonov tomonidan Xalqaro doping-test agentligiga (ITA) uşbu masala yuzasidan barça hujjatlar taqdim qilingan bölib, endi sportçi yakuniy qaror çiqişini kutmoqda. Ta’kidlanişiça, yakuniy qaror Parij-2024 Olimpiya öyinlari natijasiga ta’sir qilmaydi va Mullajonovdan oltin medal olib qöyilmaydi.
Boksçi Lazizbek Mullajonovning namunasida doping aniqlangani haqida 2025 yil 30 iyul kuni Xalqaro doping-test agentligi (ITA) xabar berdi. Sportçining 2025 yil 11 iyunda topşirgan namunasida metasteron aniqlangan. Test sinovi musobaqadan taşqari davrda ötkazilgan. Butunjahon antidoping kodeksi qoidalariga köra, Mullajonov vaqtinçalik barça musobaqalardan çetlatilgan.
Lazizbek Mullajonov 26 yoşda. 2024 yilgi yozgi Olimpiadada u 92 kg vazn toifasida oltin medalni qölga kiritgan edi. Şuningdek, 2023 yilgi jahon çempionatining bronza medali sovrindori hisoblanadi.








