Quyidagilarni nazarda tutuvçi Limonçilikka ixtisoslaşgan mahallalarning muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini davlat budjeti mablağlari hisobidan quriş, rekonstruksiya qiliş va mukammal ta’mirlaş tartibi töğrisida nizom tasdiqlanadi:

  • limonçilikka ixtisoslaşgan mahallarni xatlovdan ötkaziş va hisobini yuritiş tartibi;
  • limonçilikka ixtisoslaşgan mahallalarni tanlab oliş va körib çiqiş tartibi;
  • mahallalarning muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini quriş, rekonstruksiya qiliş va mukammal ta’mirlaş tartibi.

Kambağallikni qisqartiriş va bandlik vazirligi Raqamli texnologiyalar vazirligi va «Turonbank» ATB  bilan birgalikda Online mahalla elektron platformasida davlat budjeti mablağlari hisobidan muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini quriş, rekonstruksiya qiliş va mukammal ta’mirlaş uçun mablağlar ajratib borilişini ta’minlaş maqsadida, limonçilikka ixtisoslaşgan mahallalar va limon yetiştiriş bilan şuğullanadigan xonadonlar töğrisidagi ma’lumotlarni kiritiş va limon yetiştiriş bilan şuğullanadigan xonadonlar sonini ikki baravarga oşirgan mahallalarni inson omilisiz avtomatik ravişda aniqlaş imkoniyati yaratiş çoralarini köradi.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi har yili davlat budjetining asosiy parametrlarini şakllantirişda limon yetiştiriş bilan şuğullanadigan xonadonlar sonini ikki baravarga oşirgan mahallalarni muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi bilan ta’minlaş işlari uçun davlat budjetidan Özbekiston ijtimoiy va işlab çiqariş infratuzilmasini rivojlantiriş dasturlari doirasida mablağlar ajratilişini nazarda tutadi.