Hukumat qarori bilan avtomototransport vositalarini jarima maydonçasidan olib çiqiş yuzasidan Davlat yöl harakati xavfsizligi xizmatiga elektron murojaat qilişning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.
Reglamentga köra, Içki işlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yöl harakati xavfsizligi xizmati va uning hududiy bölinmalari mazkur sohada vakolatli organ hisoblanadi.
Davlat xizmati quyidagilardan biri orqali körsatiladi:
- YaIDXP (my.gov.uz);
- Davlat yöl harakati xavfsizligi xizmatining mobil ilovasi;
- Davlat xizmatlari markazlari.
Murojaat qiluvçi YaIDXP (my.gov.uz) yoki mobil ilova orqali murojaat qilganda, sörovnomani elektron tarzda töldiradi.
Sörovnomaga kiritilgan murojaat qiluvçi ma’lumotlarining haqqoniyligi avtomatlaştirilgan tizim orqali tekşiriladi.
Vakolatli organ murojaatni körib çiqiş jarayonida quyidagilarni tekşiradi:
- avtomototransportni jarima maydonçasiga joylaştiriş sabablari va uşlab turiş asoslari bartaraf etilgani;
- yoki ma’muriy huquqbuzarlik töğrisidagi iş körib çiqilib, qonuniy qaror qabul qilingani.
Murojaatni körib çiqiş natijasiga köra, YaIDXP yoki mobil ilova orqali 1 iş kuni içida avtomototransportni jarima maydonçasidan olib çiqiş mumkinligi haqida xabarnoma yuboriladi.

















