Ta’kidlanişiça, Tatariston Özbekiston tomoniga hodisa va jabrlanganlar haqida ma’lumot olişda hamda halok bölgan Özbekiston fuqarolarining jasadini vataniga jönatişni taşkil etişda yordam körsatmoqda.

Xabarga köra, yordam jarayonini boş vazirning birinçi örinbosari Rustam Nigmatullin nazorat qilib bormoqda. Halok bölganlarning jasadini vataniga yuborişdan oldin Nijnekamsk masjidlaridan birida janoza namozi öqilgan. Özbekiston tomoni bilan işlar respublika rahbari Rustam Minnixanovning topşiriği bilan olib borilmoqda.

Eslatib ötamiz, 10-avgust kuni Nijnekamsk Ukraina dronlari tomonidan ommaviy hujumga uçragan edi. Oqibatda 78 kişi jabrlandi, 13 kişi, jumladan, bir bola halok böldi. Tergov qömitasi terakt moddasi böyiça jinoiy iş qözğatdi. Tataristonda fojia munosabati bilan motam e’lon qilinib, köngiloçar tadbirlar bekor qilindi va boşqa kunga köçirildi.

Nijnekamskdagi hujumda halok bölganlar orasida Özbekiston va Tojikiston fuqarolari ham bor. Toşkentning Qozondagi Boş konsulxonasi respublikaning yetti nafar fuqarosi halok bölganini ma’lum qildi. Keyinçalik Özbekiston FVV ularning soni 8 nafarga yetgani, prezident Şavkat Mirziyoyev topşiriğiga muvofiq, boş vazir örinbosari Oçilboy Ramatov boşçiligida hukumat komissiyasi taşkil etilgani haqida xabar bergan edi.