Qayd qilinişiça, bu yil 6 oyda investitsiya hajmi 643 million dollarga yetdi, eksport 635 million dollardan oşdi. 550 million dollarlik yangi quvvatlar, 1 ming 140 ta savdo va servis majmualari işga tuşirildi.
Davlat rahbari Navoiy viloyatida yirik sanoat tarmoqlaridan taşqari yaylovlarni özlaştiriş, çorvaçilikni rivojlantiriş, xizmat turlarini köpaytiriş böyiça imkoniyatlar köp ekanini ta’kidladi. Xususan, mamlakatdagi qazilma boyliklarining 20 foizi, yaylovlarning 43 foizi şu hududda joylaşgan.
Yiğilişda tadbirkorlarning takliflari asosida işlab çiqilgan yangi loyihalar taqdimot qilindi.
Jumladan, Ğozğon şahri, Nurota, Xatirçi, Navbahor va Uçquduq tumanlaridagi 8 ta konga investorlar 566 million dollar sarmoya kiritişga tayyorligini bildirgan. Buning natijasida sanoat hajmi 2,5 trillion sömga, eksport 100 million dollarga köpayadi.
Masalan, Nurota tumanida 750 million kub metr granit toş zaxirasi bor. Uni qayta işlaş uçun 50 gektar maydonda sanoat zonasi taşkil etiş taklif qilindi.
Şu tumandagi 10 ta mahallada 5 mingdan ziyod xotin-qiz kaştaçilik bilan şuğullanib, daromad topmoqda. Endi buni kengaytirib, 28 ta mahallada Kaştaçilik markazlari oçiş rejalaştirilgan.
Ehtiyojmand oilalarni quyoş panellari va köçma dökonlar bilan ta’minlab, kambağallikdan çiqariş közda tutilgan.
Viloyatdagi 3 million gektar yaylov qişloq xöjaligi uçun katta imkoniyat. Masalan, qiziltepalik tadbirkor ming gektar yaylovda yomğirlatib va tomçilab suğoriş texnologiyasini qöllab, eksportbop ekinlar yetiştirmoqda. Endi çorvaçilikni yölga qöyib, sutni qayta işlaş taşabbusini bildirgan.

Umuman, viloyatda 1 milliard 600 million dollarlik qöşimça loyihalar şakllantirilgan. Ularning natijasida yana 10 ming iş örni, budjetga 1 trillion söm tuşum va 238 million dollarlik eksport imkoniyati paydo böladi.
Davlat rahbari loyihalarning iqtisodiy samaradorligini oşiriş böyiça topşiriqlar berdi.
Yirik va kiçik korxonalar örtasida kooperatsiya yöqligi körsatib ötildi. Tadbirkorlarni korxonalarga boğlab, kafolatli buyurtmani yölga qöyib, kiçik biznesning viloyatdagi uluşini oşiriş vazifasi qöyildi.











