Iqtisodiyot va moliya vazirligi 2025 yilning birinçi yarmi yakuni böyiça davlat budjeti ijrosi haqida ma’lumot berdi. Unda daromad va xarajatlar dinamikasi, subsidiyalar tarkibi hamda asosiy moliyaviy oqimlar oçiqlangan.
Daromadlar
2025 yilning yanvar-iyun oylarida davlat budjeti daromadlari 144,2 trln sömni taşkil etdi. Bu ötgan yilning şu davriga (121 trln söm) nisbatan 19,2 foizga köp.
Daromadlar tarkibida eng katta uluşga ega qöşilgan qiymat soliği ösiş dinamikasi böyiça ham birinçi örinda: QQSdan tuşumlar 34 foizga oşib, 35,9 trln sömga yetdi. Ikkinçi eng katta tuşum manbayi – foyda soliği böyiça esa budjet daromadlari atigi 2 foizga köpayib, 22,5 trln sömni taşkil etdi.
Yanvar-iyun oylarida jismoniy şaxslar özlari olgan daromadlardan 19,9 trln söm soliq (JŞODS) töladi – bu bir yil oldingidan 18 foizga köp.

Hisobot davrida yer qa’ridan foydalanganlik uçun soliqdan tuşumlar 10,3 trln (+12%), aksiz soliğidan tuşumlar 10,0 trln (+16%), bojxona bojlaridan tuşumlar 5,4 trln (+15%), yer soliği tuşumlari 4,8 trln (+20%), mol-mulk soliği tuşumlari 4,1 trln (+17%), aylanmadan olinadigan soliq tuşumlari 1,6 trln (+23%) böldi.
Davlat budjetiga tuşumlarning 80 foizini sanab ötilgan şu soliqlar va bojxona bojlari taşkil etadi. Qolgan 20 foiz – xususiylaştiriş tuşumlari, dividendlar, davlat mulkini ijaraga beriş va boşqalarni qamrab oluvçi “boşqa daromadlar” tasnifidagi tuşumlar 25 foizga ösib, 29,3 trln sömni taşkil etdi.
Xarajatlar
Yarim yillikda davlat budjeti xarajatlari 173,3 trln sömni taşkil etdi. Bu ötgan yilning şu davriga nisbatan 13,4 foiz köp.
Eng yirik xarajatlar:
- iş haqi – 62 trln (+15%);
- ijtimoiy nafaqalar – 11,4 trln (–2%).
- Davlat tibbiy suğurtasi jamğarmasiga transfertlar – 10,5 trln;
- Pensiya jamğarmasiga transfertlar – 10,3 trln (+51%);
- tabiiy gazga subsidiyalar – 7 trln (–25%).






















