AQŞning Texas ştatida 22 yoşli amerikalik harbiy xizmatçi Teylor Adam Li M1A2 Abrams jangovar tankining işi haqidagi maxfiy ma’lumotlarni Rossiyaga berişga uringanlikda ayblanib hibsga olindi. Bu haqda AQŞ Adliya vazirligi tarqatgan bayonotda aytilgan.
Federal tergov byurosi (FTB) Teylor Li Amerika tankining zaif tomonlari haqidagi maxfiy harbiy ma’lumotlarni özi rus razvedkaçisi deb hisoblagan şaxsga berişga uringanini, buning evaziga u Rossiya fuqaroligini olişga umid qilganini aytdi.
Tergov ma’lumotlariga köra, 2025 yil iyun oyida yuqori darajadagi maxfiy ma’lumotlarga kiriş imkoniga ega bölgan Li Rossiyaga tank haqidagi ma’lumotlarni yuborgan va öz xizmatlarini taklif qilgan. Murojaatda u Rossiyaga «hatto ixtiyoriy ravişda» yordam berişga tayyorligini yozgan.
Iyul oyida Teylor Li Rossiya hukumati vakili deb hisoblagan şaxs bilan uçraşgan va göyoki unga tank haqidagi maxfiy ma’lumotlar yozilgan fleş-kartani bergan. Şuningdek, M1A2 Abrams maxsus jihozlarini Rossiya hukumatiga topşiriş masalasi ham muhokama qilingan. 31 iyul kuni Li qismlarni El-Pasodagi omborga yetkazib berdi va u Rossiya hukumati vakili deb hisoblagan şaxsga şunday deb yozgan: «Missiya bajarildi», deyiladi Adliya vazirligi saytida.








