Prezident Şavkat Mirziyoyev 9 avgust kuni Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev bilan telefon orqali muloqot qildi.

Davlat rahbari qardoş Ozarboyjon yetakçisi va xalqini tarixiy voqea – Vaşington şahrida Ozarboyjon va Armaniston örtasida tinçlik deklaratsiyasi imzolangani bilan samimiy qutladi.

Tez fursatda tinçlik bitimi rasman imzolanişi Janubiy Kavkazda tinçlik, barqarorlik va ravnaqni ta’minlaşda muhim ahamiyat kasb etişiga işonç bildirildi.

Şuningdek, Özbekiston prezidentining joriy yil iyul oyida Ozarboyjonga davlat taşrifi davomida erişilgan kelişuvlarni amalga oşiriş doirasida ikki tomonlama strategik şeriklik va ittifoqçilik munosabatlarini yanada rivojlantiriş va mustahkamlaşning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Yetakçilar bölajak oliy darajadagi uçraşuv va tadbirlar rejasini ham körib çiqdi.

8 avgust kuni Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev va Armaniston boş vaziri Nikol Paşinyan Vaşingtonda, Donald Tramp huzurida harbiy harakatlarni töxtatiş haqidagi kelişuvni imzolagan edi.