“Ikki yil içida olib borilgan işlar, ularning natijadorligi şuni körsatyaptiki, yuqori kuçlanişli tarmoqdan tortib toki mahalla kesimigaça bölgan işlarni amalga oşirmasak, avariyalar ortib boradi va sodir bölişi ehtimoli katta. Şuni inobatga olib, Toşkent şahridagi har bir tuman kesimida bajariladigan işlar, mas’ullar, hammasi belgilandi”, – dedi vazir “Özbekiston 24”ga bergan intervyusida.

Mirzamahmudovga köra, hozirda generatsiya quvvatlari yetarli, lekin uni kafolatli yetkazib beriş maqsadida Toşkent şahri va Toşkent viloyatida energiya saqlaş tizimlari qurilişini jadallaştiriş, bunday loyihalarni yirik iste’molçilar kesimida ham amalga oşiriş közda tutilmoqda.

“Energetika sohasida ham mas’uliyatni [oşiriş], ham zamonaviy texnologiyalarni jalb qilişni közda tutuvçi normativ hujjatlarni, umuman qonunçilikni özgartiriş böyiça topşiriq va körsatmalar berildi”, – dedi Energetika vazirligi rahbari.

Avvalroq prezident matbuot xizmati uşbu yiğiliş haqida bergan xabarda Toşkentda bu yil 374 km elektr tarmoği, 11 ta nimstansiya va 62 ta transformator yangilanişini ma’lum qilingandi.

Eslatib ötamiz, bu yil yozda ham poytaxtda köplab elektr uzilişlari röy berdi. Buning ortidan “Toşkent şahar elektr tarmoqlari” MÇJ boşliği, 11 ta tuman ETKlar boşliqlari va boşqa mansabdorlar intizomiy javobgarlikka tortildi.