Yevropa davlatlari va Ukraina vakillari AQŞ rasmiylariga Rossiya-Ukraina uruşini tugatiş böyiça öz rejasini taqdim etdi, deb xabar berdi The Wall Street Journal (WSJ) gazetasi manbalarga tayanib.

Kiyev va Yevropa davlatlari mojaro iştirokçilariga boşqa çoralar körişdan oldin avval öt oçişni töxtatişni taklif qildi. Ittifoqçilar, şuningdek, hududlar almaşinuvi faqat özaro asosda amalga oşirilişini, ya’ni Ukraina ba’zi hududlardan çiqib ketsa, Rossiya ham boşqalaridan çiqib ketişi kerakligini taklif etgan.

Şuningdek, rejaga köra, agar Kiyev har qanday hududiy yon berişlarga rozi bölsa, Ukraina qat’iy xavfsizlik kafolatlariga ega böladi, jumladan, NATO a’zosi bölişi mumkin.

Yevropa yetakçilarining yordamçilari 9 avgust kuni Buyuk Britaniyada bölib ötgan muzokaralar çoğida Amerika tomoniga rejani taqdim etdi. Unda şaxsan AQŞ vitse-prezidenti Jyeyms Vens, videoaloqa orqali davlat kotibi Marko Rubio va AQŞ prezidentining maxsus vakillari Kit Kellog va Stiven Uitkoff iştirok etdi.

Naşrning qayd etişiça, Yevropa va Ukraina vakillari Rossiya bilan ehtimoliy muzokaralar çoğida hisobga olinişi kerak bölgan qizil çiziqni belgilagan holda reja taqdim etgan.

Yevropa vakillari Vens bilan uçraşuvda Ukraina kelajagi Ukrainasiz muhokama qilinmasligini aytgan. Rossiya va AQŞ örtasidagi har qanday kelişuv Yevropa davlatlari iştirokisiz katta ahamiyatga ega bölmaydi, dedi gazetaga Yevropaning yuqori martabali rasmiysi.

Avvalroq, Rossiya-Ukraina uruşini töxtatiş böyiça AQŞ rejasi Rossiya prezidenti Vladimir Putinga yetkazilgan edi.

WSJ ma’lumotlariga köra, Putin Ukrainadan Donetsk viloyatini töliq Rossiyaga berilişini talab qilgan. Şundan söng, Rossiya ilgari anneksiya qilgan Zaporojiye va Xerson viloyatlarida front çiziğini muzlatişni taklif qilgan.

Vladimir Zelenskiy 9 avgust kuni Ukraina Rossiyaga «öz yerlarini sovğa qilmoqçi emasligini» aytdi.