Prezident Şavkat Mirziyoyev 12 avgust kuni Buxoro viloyatida islohotlar natijadorligi va yangi loyihalar muhokamasi yuzasidan yiğiliş ötkazdi.
Ilgari bu hudud iqtisodiyoti sanoqli tarmoqlar bilan çeklangan edi. Sönggi sakkiz yilda viloyatga 8 milliard dollardan ortiq investitsiya jalb etilib, iqtisodiyot tarkibi kengaydi. Birgina sanoat sohasida 6 mingta yangi korxona oçildi. Sanoat mahsulotlari işlab çiqariş hajmi 6 barobardan ziyod oşdi.
Turizm infratuzilmasi yaxşilanib, yangi maskanlar taşkil etildi. Nufuzli mehmonxona brendlari kirib keldi. Yillik sayyohlar soni 1 million 700 ming nafarga yetdi.
Özbekiston Prezidentining 2024 yil 5 dekabrdagi qarori bilan Buxoro viloyatida sanoat va xizmat körsatiş sohasini rivojlantiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar belgilangan edi. Natijada joriy yil 6 oyda sanoat mahsulotlari işlab çiqariş 7,3 foizga oşdi. 198 ta yangi sanoat korxonasii taşkil topdi. Yalpi hududiy mahsulot hajmi 6,4 foizga ösdi.

Davlat rahbari taşabbusiga muvofiq tuzilgan “Islohotlar ştabi” Buxoroda ham qöşimça imkoniyatlarni yuzaga çiqarmoqda. Taqdimotda mutasaddilar ana şunday yangi loyihalar töğrisida axborot berdi.
Masalan, turkiyalik tadbirkorlar Peşku tumanida grafit qazib oliş va qayta işlaşga qiziqiş bildirgan. Vetnam kompaniyasi zamonaviy turar joy, Hindiston korxonasi jarrohlik markazi qurişni rejalaştirgan. 217 gektar maydonda 260 ta loyihani amalga oşirib, 10 mingdan ortiq yangi iş örni yaratiş möljallangan.
Umuman, viloyatda 1 milliard 700 million dollarlik 21 ta yangi loyiha şakllantirilgan. Ularning natijasida 32 ming iş örni, 180 million dollarlik eksport imkoniyati oçilişi közda tutilgan.
Prezident hudud iqtisodiyotini rivojlantiriş va aholi bandligini ta’minlaş böyiça qöşimça imkoniyatlarni körsatib ötdi.
Xususan, Peşku tumanida aholiga ijaraga berilgan yerlarda arzon issiqxonalar qurib, eksportbop ekinlar yetiştiriş yölga qöyilgan. Bu tajribani ommalaştirib, viloyat böyiça qöşimça 5 ming xonadonda şunday issiqxonalar taşkil etiş vazifasi qöyildi.
Şofirkon, Ğijduvon, Peşku va Buxoro tumanlaridagi 10 ming gektarda uzum, Vobkent, Ğijduvon, Jondor, Romitan va Kogonda 5 ming gektarda örik, gilos, anjir kabi eksportbop meva boğlarini barpo qiliş böyiça topşiriq berildi.










