Rossiya va Ukraina örtasidagi uruşning törtinçi yiliga kelib ham asirlar almaşinuvi ikki davlat örtasidagi yagona töğridan töğri aloqa liniyasi bölib qolmoqda. Bu jahon harbiy tarixida kamdan kam uçraydigan holat: uruşayotgan tomonlar bunday almaşuvlarni muntazam va keng miqyosda amalga oşirmoqda – bu almaşuvlarda jami 10 mingga yaqin kişi iştirok etgan. The Wall Street Journal Rossiya va Ukraina örtasida asirlarni almaşiş tizimi qanday yuzaga kelgani va qanday işlaşi haqida hikoya qiladi. Gazeta materiali ukrain harbiylari hamda yevropalik diplomatlarning intervyulariga asoslangan – Rossiya vakillari esa savollarni javobsiz qoldirgan. «Meduza» uşbu maqolaning asosiy joylarini keltiradi.

Asirlarni almaşiş uçun kanal 2014 yilda Minskda Ukraina şarqida Kiyev rasmiylari va Rossiya tomonidan qöllab-quvvatlangan mahalliy ayirmaçilar örtasidagi mojaroni tugatiş (keyinçalik ma’lum bölişiça, muzlatiş) böyiça muzokaralar paytidayoq paydo bölgan.

Minskda rossiyaliklar va ukrainaliklar örtasidagi uçraşuvlarga boş-qoş bölgan şveysariyalik diplomat Toni Friş ular nomlarni ukrainça va rusça yozişdan tortib, kim kimga öq uzganigaça – deyarli hamma narsa haqida bahslaşgan. Tuşlik paytida yoki barda tomonlarni yaqinlaştirişga urinişlar heç qanday natija bermagan. Ukrainadagi rossiyaparast partiya rahbari va muzokaralarda Ukraina vakili sifatida qatnaşgan Viktor Medvedçuk Moskvaga «nomi beş harfdan iborat bölgan odam» – Vladimir Putinning oldiga borib keliş uçun bir neça bor uçraşuvlarni töxtatgan.

2014 yil oxiridan boşlab Kiyev va Donbassdagi «xalq respublikalari» (aslida ularning ortida Rossiya turgan) örtasida kiçik asirlar almaşuvi boşlanadi. Bahslar har bir asirning «qadr-qimmati» haqida borardi. Friş Qizil Xoç vakillari bilan asirlikdagi ukrainlar qiynoqlar haqida gapirgan qamoqxonalarga borgan. 125 ta uçraşuvda 600 ga yaqin kişini almaşişga muvaffaq bölingan va diplomat bu jarayonni Marokaş bozoridagi savdoga taqqoslagan.

2022 yil boşida Rossiya qöşinlari çegara yaqinida töplanişi fonida uçraşuvlar tösatdan töxtaydi. 22 fevral kuni Putin diplomatlarni çaqirib oldi va «Minsk jarayoni» tugaganini e’lon qildi. Ikki kundan keyin Rossiya armiyasi Ukrainaga rasman bostirib kirdi.

Mart oyi oxirlarida Ukraina harbiy razvedksi boşliği örinbosari Dmitriy Usov asirlar va qurbonlarning jasadlarini almaşiş uçun Rossiya tomoni bilan aloqani yölga qöyiş böyiça topşiriq oladi. Oldingi aloqa liniyalari uzilgan, tomonlar örtasida özaro işonç qolmagandi.