Amanjol Ayapov Qoraqalpog‘iston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi matbuot xizmati xabar berdi.
Tayinlovga qadar u O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Nukus filiali direktori lavozimida faoliyat yuritayotgandi.
Amanjol Ayapov 2017 yil noyabridan boshlab Qoraqalpog‘iston Respublikasi xalq ta’limi vaziri lavozimida ham ishlagan.











