Ma’lum qilinişiça, sel-suv toşqini xavfi Toşkent, Namangan, Farğona va Andijon viloyatlarining ayrim tumanlari hamda şaharlarida kuzatilişi mumkin.
Jumladan, Toşkent viloyatining Ohangaron, Böstonliq, Parkent, Piskent, Örta Çirçiq va Yuqori Çirçiq tumanlari, şuningdek Angren va Olmaliq şaharlari xavfli hududlar qatoriga kiritilgan.
Şuningdek, Namangan viloyatining Pop, Kosonsoy, Çortoq, Çust, Namangan va Yangiqörğon tumanlari, Farğona viloyatining Söx, Şohimardon, Farğona va Beşariq tumanlari, Andijon viloyatining Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qörğontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xöjaobod, Marhamat tumanlari hamda Xonabod şahrida ham sel hodisalari yuzaga kelişi mumkin.
Özgidromet toğoldi va toğli hududlarda yaşovçi aholi, dam oluvçilar hamda mazkur hududlarda harakatlanuvçi haydovçilarni ehtiyotkorlik çoralarini körişga çaqirdi.
Bundan taşqari, respublika böyiça ayrim hududlarda kuçli yomğirlar natijasida yomğir suvlari töplanib, hududlarni suv bosişi ehtimoli ham mavjudligi qayd etildi.












