Ukraina prezidenti va Yevropa yetakçilari Vaşingtonga yöl olmoqda. Xöş, Tramp yana Ukrainaga bosim ötkazadimi? AQŞ prezidentining maqsadi nima özi? Kun.uz'ning “Geosiyosat” dasturi tahlilçilari uruşning taqdiri haqidagi kutilmalari bilan örtoqlaşdi.

Şuhrat Rasul: Ukraina va Yevropa koalitsiyasi heç qaçon hududiy yon berişlarga rozi bölmaydi. Buni prezident Zelenskiy özi ham bir neça bor oçiq aytgan. Agar Zelenskiy bunday qarorga borsa, ikki soat içida Maydanga yuz minglab odamlar çiqib, uni “sotqin” deb ataydi va iste’foga çiqaradi.

Ukraina – prezident-parlament respublikasi bölgani uçun parlamentning vakolatlari prezidentniki bilan teng. Şuning uçun agar u bunday qaror qabul qilsa, parlamentdagi kuçlar uni çeklab qöyişi, hatto unga qarşi jinoiy çoralar körilişi ham ehtimoldan xoli emas.

Tramp uçun kim ğalaba qozonişi umuman ahamiyatsiz. Trampning maqsadi özini tinçlik örnatgan arbob sifatida körsatib: “Mana, uruş tugadi, endi menga Nobel mukofoti bering” deyiş. Rossiya faqat Donbassni egallaydimi yoki Dneprgaça bölgan hududlarnimi – unga umuman farqi yöq.

Asosiy masala şuki, Tramp 18 avgust kuni uçraşuvda Zelenskiyga bosim ötkazişga harakat qiladi. Xuddi bir neça oy oldin bölganidek. Trampga na Ukraina manfaatlari, na Rossiya, hatto Amerika manfaatlari ham qiziq emas. Tramp uçun hozir faqat öz manfaatlari muhim. Şu sababdan u: “Donbass masalasida kelişuv tuzaylik, Putinning şartlariga kön”, deb bosim ötkazişi mumkin. Lekin Zelenskiy buni qabul qilmaydi, çunki bu uning siyosiy özini özi yöq qilişi demakdir. U yaxşi biladiki, bunday qaror uni nafaqat xalq oldida, balki orqasidagi kuçli siyosiy doiralar oldida ham qudratsiz qiladi.

Bundan taşqari, Yevropa Ittifoqi va boşqa ittifoqçilar ham Zelenskiyni qöllab-quvvatlaşda davom etmoqda. Yaqinda ular: “Biz siz bilanmiz, sizni yolğiz qoldirmaymiz”, degan qat’iy bayonotlar berdi. Bu esa Zelenskiyga qöşimça tayanç va işonç bermoqda. Şu bois u Putinning yoki Trampning bosimlariga taslim böliş ehtimoli juda past.

Anvar Yöldoşev: Ertaga böladigan uçraşuvda, ehtimol, Tramp Zelenskiyga jiddiy tazyiq ötkazadi. Unga şunday deydi: “Sen Putinning talablariga rozi böl. Şunda biz senga xavfsizlik kafolati beramiz. Biz kafolatni taqdim etamiz, şuni qabul qilasan”, deb majburlaşga uriniş ehtimoli bor. Zelenskiy esa bunday taklifga rozi bölişni istamasligi aniq. Şunday vaziyat yana özaro janjal va keskinlikka olib kelişi mumkin.

Şunday bölsa-da, Trampning bosimi natija beriş ehtimoli yuqoriroq. Çunki Yevropa Ittifoqi bu masalada jiddiy rol öynay olmaydi. Yevropa yordam berişni va’da qiladi, lekin amalda köp iş qilolmaydi. AQŞ esa baribir dunyodagi eng qudratli davlat va uning rahbari nimani istasa, öşa yönalişda siyosat yuritadi. Zelenskiy ham AQŞ, xususan, Tramp bilan yaxşi munosabatlarni saqlab qolişni istaydi, ammo öz hududini berib qöyişga haqqi yöq.

Şunday vaziyatda Zelenskiyga: “Sen uruşni tugatişni xohlaysanmi, xohlamaysanmi?” degan savol bilan bosim qilinadi va ayblovlar yoğilişi mumkin. Yevropa Ittifoqida qarorlar yakdillik asosida qabul qilinadi, ayrim davlatlar esa yordamdan boş tortyapti. Köngillilar koalitsiyasi ham aytilganidek sezilarli yordam berolmayapti.

Kamoliddin Rabbimov: Bugun AQŞdan boşqa qator davlatlar Ukrainaga qurol yetkazib beryapti. Ayrim davlatlar Ukraina içkarisida qurol işlab çiqarişni yölga qöygan. Biroq Ukrainadagi asosiy muammo qurol emas, balki inson resursi: 145 millionlik Rossiyaga qarşi 30 millionlik Ukraina aholisi safarbarlikda yetarli kuç töplay olmayapti.

Yevropa Ittifoqidagi köplab davlatlar, ayniqsa töqqiztasi, aniq xulosaga kelgan: Rossiyaning maqsadi faqat Ukrainani neytral qiliş bilan çeklanmaydi, u keyingi qadamlarni ham taşlaydi. Şu sababli Qozoğiston prezidenti Töqayev ham sönggi paytlarda xavotirda: Turkiya bilan hamkorlikni kuçaytirdi, Ozarboyjon bilan aloqalarni yangi darajaga olib çiqdi. Çunki Rossiya xavfi qöşni Qozoğistonda ham keskin sezilmoqda.

Rossiyaning bayonot va qadamlarini tahlil qiladigan bölsak, uruş boşlanişidan ikki-uç oy oldin 2021 yil dekabrida Rossiya Taşqi işlar vazirligi ultimatum e’lon qilgandi: possovet davlatlari Ğarb bilan harbiy hamkorlik qilmasin, harbiy baza oçmasin, NATO bilan aloqaga kirmasin. Bu esa ularning mustaqilligini keskin çeklaş degani edi.

Şundan keyin Amerika va Yevropa Ittifoqida aniq xulosa şakllandi: Rossiya avtoritar davlat, u jamoatçilik fikriga e’tibor bermaydi, hokimiyatni tiyib turuvçi institutlar qolmagan, Putin xohlaganini qiladi. Sovet davridagi kollegial boşqaruv bugun yöq, Rossiyada yakka şaxs boşqaruvi mavjud.

Rossiya bugun dunyodagi mavjud xalqaro tartibni, geosiyosiy muvozanatni yoki qoidalarni özgartirişga intiladigan davlat sifatida namoyon bölmoqda. Uning asosiy missiyasi – köp qutbli dunyo şakllantirib, kollektiv Ğarbning hukmronligini tugatiş. Yevropa Ittifoqi ham xuddi şunday xulosaga kelmoqda: Rossiya töxtamaydi. U töxtaşi uçun içkarida ham şaroit yöq. Iqtisodiyot harbiy relslarga ötkazilgan, jamiyat uruş maşinasiga böysundirilgan. Şu sababli Rossiyaning harakatlari barqarorlikka emas, keskinlikka olib bormoqda. Albatta, Rossiyada uruşdan çarçoq mavjud, bu körinib turibdi. Lekin Ukrainaga bostirib kirişdan oldin ham köpçilik ekspertlar bunday qilişini kutmagan edi.

Suhbatni töliq şaklda YouTube’da tomoşa qilişingiz mumkin.

NormuhammadAli Abdurahmonov suhbatlaşdi.