Uzcosmos agentligi BMTning Osiyo va Tinç okeani uçun iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi (UNESCAP) bilan hamkorlikda Markaziy Osiyo uçun yerni masofadan zondlaş texnologiyalariga asoslangan qurğoqçilikni monitoring qiliş tizimini yaratiş loyihasini işlab çiqmoqda. Bu haqda agentlik axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilişiça, loyiha doirasida mintaqa davlatlariga qurğoqçilikni boşqariş tizimini takomillaştiriş, sun’iy yöldoş ma’lumotlari hamda texnik resurslardan öz vaqtida foydalaniş böyiça kömak beriladi. Xususan, har bir mamlakatning öziga xos şaroitini inobatga olgan holda qurğoqçilikni tezkor kuzatiş tizimi va ekinlarni bulutli monitoring qiliş platformasini yaratiş reja qilingan.
“Ahamiyatli jihati şundaki, qurğoqçilikka qarşi kuraşişda kosmik monitoring asosiy instrumentlardan biri hisoblanadi. Jumladan, masofadan zondlaş orqali sun’iy yöldoş tasvirlari yordamida tuproq namligi, ösimlik qoplamasi, suv havzalari maydonidagi özgarişlarni aniqlaş mumkin”, deyiladi xabarda.








